“Prezident archasi” tantanalari boshlandi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyida 29 dekabr kuni “Prezident archasi” tantanalari boshlandi.
Yurtimizda hech kimdan kam boʻlmagan, sogʻlom, yuksak maʼnaviyatli, shijoatli va tashabbuskor, zamonaviy bilim, mustaqil fikrga ega avlodni voyaga yetkazishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Isteʼdodli oʻgʻil-qizlar har sohada oʻz bilim va mahoratini namoyish etib, eng rivojlangan mamlakatlardagi tengdoshlari bilan bellashib oʻzini namoyon etayotgani buning isbotidir. Ana shunday yosh avlodga yurtimizda barcha qulay shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.
Bu yilgi bayram tadbirlari ham har qachongidan-da zavqli oʻtmoqda.
Yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalar, imkoniyati cheklangan bolalar manfaatlari himoyalanib, ular har taraflama qoʻllab-quvvatlanmoqda. Ayni bayram kunlarida bu yanada yaqqolroq namoyon boʻlmoqda.
Bayramona bezatilgan “Turkiston” saroyidagi archa atrofida Qorbobo va Qorqiz bolajonlarni raqsga chorlaydi. Turli ertak qahramonlari kichkintoylarning zukkoligini sinaydi.
Bir-biridan qiziqarli, moʻjizalarga boy sahna koʻrinishlari bayram ishtirokchilariga manzur boʻlmoqda.
Bayram shodiyonalari “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi tomonidan tayyorlangan “Orzu qil!” nomli teatrlashtirilgan musiqiy dasturi bilan davom etdi.
Mazkur dastur oʻgʻil-qizlarning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Bolalarga Prezidentimizning Yangi yil sovgʻalari topshirildi.
Eslatib oʻtamiz, bunday tadbirlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda boʻlib oʻtmoqda.