Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Prezident innovatsion klinikani ko‘zdan kechirdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Prezident innovatsion klinikani ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishmoqda.

Davlatimiz rahbari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi DMC xususiy klinikasiga tashrif buyurdi.

Mazkur shifo maskanida oftalmologiya, neyrojarrohlik, plastik jarrohlik, kardiologiya, pediatriya, reabilitatsiya kabi o‘n beshdan ortiq ixtisoslik bo‘yicha tashxislash va davolash yo‘lga qo‘yilgan. Bu jarayonga tibbiyoti rivojlangan davlatlarda qo‘llanilayotgan amaliyot va texnologiyalar joriy etilgan.

Xususan, klinika AQSh, Germaniya, Avstriya, Yaponiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Shifokorlar Germaniya, Avstriya, Hindiston, Janubiy Koreya, Yaponiyadagi yetakchi tibbiyot markazlarida malaka oshirgan.

Bemorlar birinchi qavatda tashxisdan o‘tkazilib, mutaxassislar maslahatini oladi. Ikkinchi qavatda jarrohlik amaliyotlari bajariladi. Zarur hollarda yuqori qavatlarda yotib davolanadi.

Prezident innovatsion klinikadagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, shifokorlar bilan suhbatlashdi. Kasalliklarni erta aniqlash va davolash, sifatga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

— Biz nima uchun tibbiyotda xususiy tarmoqqa sharoit yaratyapmiz? Raqobat bo‘lishi kerak. Raqobat bo‘lsa, sifatga intilish bo‘ladi, davolash, xizmat ko‘rsatish yaxshilanadi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Klinika ko‘rish qobiliyatini tiklash bo‘yicha yetakchi markazlardan biridir. Bu yerda ko‘z to‘r pardasi kasalliklari va patologik holatlarni tashxislash imkonini beradigan “Topcon” tamograf-angiograf tekshiruvi, neyrofiziologik reabilitatsiya, kompyuterli bioboshqaruv kabi noyob davolash usullari qo‘llaniladi.

Prezidentimiz kompyuterli bioboshqaruv xonasida ham bo‘lib, bu usul orqali medikamentlarsiz davolash, ruhiy va nutqiy nuqsoni bor bemorlarni sog‘lom hayotga qaytarish mumkinligiga e’tibor qaratdi.

Shu yerda ko‘z mikrojarrohligi bo‘yicha o‘quv simuliyatsion markaz tashkil etish loyihasi taqdim qilindi. Davlatimiz rahbari loyihani ma’qullab, kadrlar malakasini oshirishga xizmat qiladigan bunday simuliyatsion markazlarni tibbiyotning boshqa yo‘nalishlari va mamlakatimizning boshqa hududlarida ham tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

www.president.uz