Prezident innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatladi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Tumanning Oqlon mahallasida bo‘sh turgan joyda texnopark tashkil etish loyihasi ulardan biri. Tijorat banklari ishtirokida bu yerda to‘qimachilik mahsulotlari, tayyor kiyim-kechak va sport tovarlari ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish rejalashtirilgan.Bu mahalladagi xotin-qizlar va tuman yoshlarini ish bilan ta’minlashda muhim omil bo‘ladi.
Shu yerda yengil sanoat tarmog‘iga investitsiyalar jalb etish, zamonaviy uy-joylar qurish, tibbiy diagnostika markazi va maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish, asalni qayta ishlash va qadoqlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalar namoyish etildi.
Davlatimiz rahbari sanoatni innovatsion rivojlantirish, xorijiy tajribani o‘rganib, mahsuldorlik va raqobatdoshlikni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tadbirkorlarning innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatladi.
O‘zA