Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

PREZIDENT ISLOM KARIMOVNING “SHARQ TARONALARI” O‘NINCHI XALQARO MUSIQA FESTIVALINING OCHILISHIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIMDAGI TABRIK SO‘ZI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
PREZIDENT ISLOM KARIMOVNING “SHARQ TARONALARI” O‘NINCHI XALQARO MUSIQA FESTIVALINING OCHILISHIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIMDAGI TABRIK SO‘ZI

Muhtaram festival ishtirokchilari!

Qadrli mehmonlar!

Xonimlar va janoblar!

Avvalambor, qariyb uch ming yillik tarix va madaniyatga ega bo‘lgan, qadimiy va go‘zal Samarqand shahrida, ne-ne buyuk voqealar guvohi bo‘lmish mana shu muazzam va ulug‘vor Registon maydonida siz, azizlarni – “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali qatnashchilarini chin qalbimdan muborakbod etishga, Samarqand ahli nomidan, butun xalqimiz nomidan “Xush kelibsiz O‘zbekistonga, xush kelibsiz Samarqandga!” deb, qizg‘in salom va ezgu tilaklarimizni yetkazishga ijozat bergaysiz.

Festivalimizda ishtirok etayotgan faxriy mehmonlarimiz – YuNESKO Bosh direktorining o‘rinbosari Erik Falt, Xalqaro folklor ijodiyoti tashkilotining Osiyo mintaqasi bo‘yicha Bosh kotibi Mun Xyung Suk, Yaponiyaning “Min-on” musiqa uyushmasi prezidenti Xiroyasu Kobayashi janoblariga, bugungi marosimda hozir bo‘lgan diplomatik korpus vakillariga samimiy ehtiromimni bildirishdan mamnunman.

Men uchun qadrdon bo‘lgan Samarqand ahlini ko‘rib turganimdan xursand bo‘lganimni bildirib, siz, aziz hamshaharlarimga, barcha-barchangizga o‘zimning farzandlik mehrim va hurmatimni yana bir bor izhor etaman.

Aziz musiqa ixlosmandlari!

Muhtaram do‘stlar!

Musiqa san’ati insonni hamisha ezgulikka chorlaydigan, har qaysi odamning qalbidagi eng nozik, eng go‘zal tuyg‘ularni uyg‘otadigan buyuk ilohiy kuch, desak, o‘ylaymanki, hech kim bu fikrni inkor etolmaydi. Chindan ham, dunyodagi turli millat, til va e’tiqodga mansub odamlarni, elu elatlarni hech qanday tarjimonsiz bir-biriga bog‘laydigan, mushtarak maqsadlar yo‘lida birlashtiradigan musiqa san’ati kabi qudratli vositani topishning o‘zi qiyin.

Biz bu yil “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining o‘ninchi – o‘ziga xos yubiley anjumanini o‘tkazmoqdamiz. Festivalga asos solingan 1997-yildan buyon ishtirokchi mamlakatlar jo‘g‘rofiyasi kengayib, ularning soni ikki barobardan ziyod ko‘payib, 31 tadan 66 taga yetganining o‘zi, o‘ylaymanki, ko‘p narsadan dalolat beradi.

Bu yilgi musiqa bayramimizga Osiyo va Afrika, Yevropa va Amerika qit’alarida, Sharq va G‘arb mintaqalarida joylashgan o‘nlab davlatlardan noyob iste’dod sohiblari, mashhur ijodiy guruhlar tashrif buyurgani o‘tgan qisqa davrda festivalimizning dovrug‘i butun dunyoga tarannum etilib, uning obro‘-e’tibori va nufuzi tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Buning zamirida avvalo festivalning yuksak gumanistik g‘oyalari mujassam bo‘lib, “Samarqand ruhi va falsafasi” degan chuqur ma’noli ibora xalqlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga, madaniy muloqotni rivojlantirishga, mumtoz musiqa an’analarini asrab-avaylashga olib kelayotgani barchamizni quvontiradi, albatta.

Bunda avvalambor mana shu maydonda to‘plangan sizlar kabi haqiqiy san’at ustalarining jonkuyarligi va fidoyiligi, xalqaro tashkilotlar, birinchi navbatda, YuNESKOning munosib hissasi, ushbu anjumanni jonu dili bilan qo‘llab-quvvatlab kelayotgan xalqimizning katta xizmatlari borligini yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz.

Hurmatli do‘stlar!

Shu kunlarda buyuk Sharq timsoli bo‘lgan ko‘hna Samarqandning zamonlar ruhini o‘zida mujassam etgan o‘lmas obidalaridan, moviy gumbazlari va yuksak minoralaridan, mahobatli peshtoqlaridan go‘yoki asrlar sadosi taralayotgandek, shu muqaddas zaminda yashab, ijod qilgan ulug‘ mutafakkirlar, alloma va san’atkorlarning ovozlari yangrab turgandek tuyuladi.

Biz uchun ko‘hna tarixning o‘chmas sahifalarini ochib beradigan, Rim kabi “abadiy shahar” degan yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan ana shu shaharda sizlar bilan uchrashar ekanmiz, bugungi kunda turli muammo va ziddiyatlarga to‘la zamon qanday tez o‘zgarib, qanday shiddat bilan o‘tib borayotganini chuqur his etamiz. Shu bilan birga, umrimizga ma’no-mazmun baxsh etadigan madaniyat va san’at olami bilan yaqindan oshno bo‘lish, jahonda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, bu go‘zal hayotni qadrlash, xalqlarimizning madaniy boyliklaridan bir-birimizni ko‘proq bahramand etish zaruratini yanada teran anglaymiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, “Er yuzining sayqali” deb shuhrat qozongan ko‘hna Samarqand mana shunday shukuhli ayyomda, ta’bir joiz bo‘lsa, jahon musiqa san’atining sayqaliga, o‘ziga xos betakror markaziga aylanib borayotgani barchamizni xursand qiladi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida chop etiladigan nufuzli nashrlardan biri yaqinda Samarqand shahrini “Dunyoning albatta borib ko‘rish kerak bo‘lgan ellikta shahri” ro‘yxatiga kiritdi. Bu xabar jahon ommaviy axborot vositalari orqali keng tarqaldi va o‘ylaymanki, sizlar bundan xabardorsiz.

Bu qadimiy shaharning tarixi qanchalik buyuk va sharafli bo‘lsa, uning bugungi hayoti, zamonaviy qiyofasi ham shunga uyg‘un va hamohang ravishda har tomonlama obod va go‘zal bo‘lib bormoqda. O‘ylaymanki, festival kunlarida sizlar shahrimizning qadimiy ziyoratgohlari, maydon va xiyobonlari, obod mahallalarida bo‘lib, bu zaminning ko‘pni ko‘rgan, ko‘ngli ochiq, mard va xushfe’l, o‘z urf-odat va qadriyatlarini asrab-avaylab kelayotgan odamlari bilan suhbatlashib, bunga o‘zingiz ishonch hosil qilasiz.

Samarqand xalqining mehmondo‘stlik fazilatlaridan bahramand bo‘lib, bu afsonaviy shaharga bir umr maftun bo‘lib qolasiz, san’atni chin dildan sevadigan, uni yuksak qadrlaydigan el-yurtimiz vakillari bilan bo‘ladigan samimiy suhbat va muloqotlar yangi asarlar uchun ilhom manbai bo‘lib qoladi, desam, adashmagan bo‘laman.

Biz sizlarni nafaqat muhtaram mehmonlarimiz, balki o‘z xalqining qalbi va ruhini musiqa orqali ifoda etadigan, ularning ezgu orzu-istaklari va salomini yetkazadigan tinchlik va do‘stlik elchilari, o‘zimizning eng yaqin va aziz do‘stlarimiz sifatida qabul qilamiz va sharaflaymiz.

Sizlarning mana shu ulug‘vor sahnada yangraydigan maftunkor kuy va qo‘shiqlaringiz, dilbar taronalaringiz har birimizning yuragimizda, xayolimizda uzoq saqlanib qoladi. O‘z qimmatli vaqtingizni ayamasdan, bizga mana shunday ajoyib san’at namunalarini, mana shunday quvonchli daqiqalarni baxsh etganingiz uchun barchangizga katta minnatdorchilik bildirish, o‘zbekona rahmat aytish – men uchun katta sharaf. Doimo sog‘-omon bo‘ling, azizlarim!

Shu yuksak minbardan turib, barchangizga yana bir bor o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildirib, sizlarga sihat-salomatlik, baxt va omad, festival ishiga muvaffaqiyat tilayman.

E’tiboringiz uchun tashakkur.

O’zA