Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

PREZIDENT KORXONA FAOLIYATINI KENGAYTIRISHNING ISTIQBOLLI YO‘NALISHLARINI BELGILAB BERDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
PREZIDENT KORXONA FAOLIYATINI KENGAYTIRISHNING ISTIQBOLLI YO‘NALISHLARINI BELGILAB BERDI

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vobkent tumanidagi «Ekvatorial Chodak group» korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Uzoq yillar foydalanilmay turgan bino O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 3 million dollar imtiyozli krediti hamda loyiha tashabbuskorlarining 2 million dollar miqdoridagi mablag‘i evaziga qayta tiklandi. Yaponiya, Italiya, Turkiya va Xitoydan besh yuzdan ziyod zamonaviy tikuv mashinasi hamda dastgohlar o‘rnatilib, yiliga 1 million 500 ming donagacha jinsi shim ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda korxonada 500 nafarga yaqin xotin-qiz mehnat qilmoqda.

Davlatimiz rahbari texnologik jarayonlar bilan tanishib, mahsulotlar sifatini ko‘zdan kechirdi. Korxona ishchilari bilan muloqot qildi. Iqtisodiy sohadagi barcha chora-tadbirlar, sa’y-harakatlardan maqsad xalqimizni rozi qilish, aholini, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash ekanini ta’kidladi.

Korxonada kiyim-kechaklarni bo‘yash va ularga qayta ishlov berish sexi tashkil etilgan. Bu viloyatdagi turdosh korxonalarga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish hisobiga, qo‘shimcha foyda olish imkonini beradi.

Yaqinda bu yerda poyabzal ishlab chiqarish korxonasi ham ishga tushirildi. Italiyaning zamonaviy uskunalari o‘rnatilib, yiliga 600 ming donagacha mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi. Loyiha quvvatlari to‘la o‘zlashtirilgach, ishchi-mutaxassislar soni qariyb ming kishiga yetadi.

Shu yerda kelgusida korxona faoliyatini yanada kengaytirish, shuningdek, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalari haqida ma’lumot berildi.

WWW.PRESIDENT.UZ