Prezident meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonasida bo‘ldi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand tumanidagi «Agromir» mas’uliyati cheklangan jamiyatini borib ko‘rdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti ma’lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.
Qariyb 450 kishi doimiy ish bilan ta’minlangan korxonada yiliga 60 ming tonna sharbat va nektar, deyarli 6 ming tonna konsentratlar ishlab chiqarish quvvatiga mavjud bo‘lib, bugungi kunda 42 turdagi mahsulot tayyorlanmoqda. Ishlab chiqarish va qadoqlash sexlari Italiya hamda Shveysariya texnologiyalari bilan jihozlangan. O‘tgan yili 2,1 million dollar, joriy yilda 5,5 million dollarlik eksport qilingan.
Davlatimiz rahbari meva-sabzavotlarni qayta ishlash jarayonini, tayyor mahsulotlar namunalarini ko‘zdan kechirdi.
TOSHKENT, 26 iyul. /«Dunyo» AA.