Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

PREZIDENT “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI MILLIY ANTIDOPING AGENTLIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA”GI QARORNI IMZOLADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
PREZIDENT “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI MILLIY ANTIDOPING AGENTLIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA”GI QARORNI IMZOLADI

Mazkur hujjat sog‘lom va xaqqoniy sportni targ‘ibоt qilish hamda Butunjahon antidoping agentligining kodeks va standartlarini O‘zbekistonda samarali amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi sportchilarining 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarligiga barcha shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgandir.

Shu o‘rinda, Sportda dopingga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiyani barcha a’zo davlatlar katorida O‘zbekiston Respublikasi 2010 yilda ratifikatsiya etganini alohida ta’kidlash joiz.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi zimmasiga Butunjahon antidoping agentligining antidoping boshqaruvi va menejmenti (ADAMS) maxsus dasturini respublikamizda joriy etish va qo‘llash mas’uliyati yuklatilgan. Mazkur dastur orqali Agentlikni faoliyatini samarali tashkil etish va butunjahon tezkor ma’lumotlar bazasi axborotlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi hamda musobaqa va musobaqalardan tashqari bo‘lgan davr mobaynida doping-test jarayonlaridan O‘zbekiston sportchilari o‘tishi to‘g‘risida aniq axborot shakllanadi va doping-nazorat tizimi tashkil etiladi. Ayniqsa, O‘zbekiston sportchilari dori vositalaridan terapevtik maqsadlarda foydalanishi va taqiqlangan dori vositalaridan foydalanmasligi to‘g‘risida aniq tavsiyalar berish mexanizmi va samarali antidoping tizimi joriy etiladi.

Qaror bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining “Milliy antidoping xizmati” negizida “Sport psixologiyasi bo‘limi”ni tashkil etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Agentlik tarkibida 3 ta bo‘lim va 2 ta komissiya tashkil etilishi natijasida sportchilar, murabbiylar, sport tibbiyoti xodimlari va boshqa mutaxassislarga sog‘lom va xaqqoniy sportni targ‘ibоti hamda taqiqlangan dori vositalari yoki uslublar nazoratini ta’minlash kabi dopingga qarshi kurashish borasidagi qator muhim vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan.

Bu borada Agentlikka doping orqali sportchilarga yetkaziladigan zarar, inson sog‘lig‘i uchun doping qabul qilishning salbiy oqibatlari to‘g‘risida sport jamoatchiligini xabardor etish, Butunjahon antidoping agentligining dasturlari va loyihalarini amalga oshirish, halqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarurligi belgilangan.

www.prezident.uz