Prezident odamlarga qulaylik yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Nukus shahrining “Qumbuz ovul” mahallasida barpo etilgan ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatida maktabgacha ta’lim muassasasi va oilaviy poliklinika joylashgan. Bu shu uylarda yashayotgan odamlarga, ayniqsa, yosh bolali ayollarga juda qulay. Issiq-sovuq kunlarda yo‘lda qatnab yurmaydi, ham vaqti, ham naqdi tejaladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu muassasalar faoliyati bilan tanishdi.
Bu yerda 5 qavatli 10 ta arzon uy qurilgan. Ularda barcha sharoit va qulayliklar yaratilgan. “Navshe” nomli bog‘cha bolalar ongini o‘stiradigan turli inventarlar, o‘yinchoqlar, metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlangan. Ingliz tili, rus tili, shaxmat-shashka to‘garaklari tashkil etilgan.
Oilaviy poliklinika hududdagi 8 ta mahallaning 46 mingdan aholisiga xizmat ko‘rsatadi. 250 qatnovga mo‘ljallangan muassasa sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur uskunalar bilan jihozlangan.
Elektron qabul tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Odamlar uyda turib, onlayn tarzda navbatga yozilishi va belgilangan vaqtda shifokor qabuliga kelishi mumkin. Poliklinikaning o‘zida ijtimoiy dorixona ochilgan.
Prezidentimiz shifokorlar bilan suhbatda poliklinikaga kelganlarga sifatli xizmat ko‘rsatish bilan birga hududdagi aholini patronaj qilish, har bir odamning haroratini bilish kerakligini ta’kidladi. Kasallik varaqalarini elektron shaklga o‘tkazish, zamonaviy tibbiyot yutuqlari asosida ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shu yerda Abdambetov ko‘chasida qurilayotgan ko‘p qavatli arzon uylar, bo‘lajak “Nukus city” shaharchasi taqdimoti o‘tkazildi.