Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

PREZIDENT SAYLOVI YAKUNLARI PARIJDA MUHOKAMA QILINDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
PREZIDENT SAYLOVI YAKUNLARI PARIJDA MUHOKAMA QILINDI

Parij shahrida “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari: o’zbek xalqi manfaatlariga, Konstitutsiyaga va yuksak xalqaro andozalarga sodiqlik” mavzuida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbir mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasi va Yevropada istiqbol va xavfsizlik instituti (YEPXI) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Davra suhbatida Fransiya parlamenti, vazirlik va idoralari, Sorbonna universiteti va Ilmiy tadqiqotlar milliy markazi vakillari, YEPXI ekspertlari, O’zbekistonda bo’lib o’tgan Prezident saylovida ishtirok etgan xalqaro kuzatuvchilar hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari jurnalistlari ishtirok etishdi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining o’rinbosari Svetlana Ortiqova ham mazkur tadbirda qatnashib, 4-dekabr kungi saylovga tayyorgarlik jarayonlari, uning o’tkazilishi va natijalari haqida batafsil ma’lumot berdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining mamlakatda keng ko’lamli sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va demokratik islohotlarni davom ettirish, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash hamda Markaziy Osiyoning doimiy rivojlanishidagi ahamiyati alohida qayd etildi.

Saylangan Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasining asosiy mazmuni Fransiya jamoatchiligida katta qiziqish uyg’otdi.

Fransiyalik xalqaro kuzatuvchilar mamlakatimizda bo’lib o’tgan Prezident saylovi haqida o’z taassurotlari bilan o’rtoqlashdilar.

Emmanuel Dyupyui, Yevropada istiqbol va xavfsizlik instituti prezidenti:

— O’zbekistonda 2016-yilda o’tgan saylov kampaniyasi va uning yakunlari, bizningcha, mamlakat va mintaqadagi vaziyatga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Agar saylangan Prezidentning tashqi siyosat yo’nalishidagi asosiy vazifalari haqida gapiradigan bo’lsak, ular O’zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzada aniq bayon etilgan. 2017-yilning mamlakatda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi Shavkat Mirziyoyevning davlatning xalq bilan aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan yo’nalishini tasdiqlaydi. Bosh vazirning elektron qabulxonasini yaratish haqidagi ilg’or tashabbus - bu hokimiyat organlarining mas’uliyatini, shaffofligini va ular faoliyatining hisobоt berishga majburligini, korrupsiyaga qarshi kurashishni oshirish hamda davlat xizmatining barcha sohalarida samarali boshqaruvni takomillashtirish sari muhim qadam bo’ldi.

Andre Rishar, Quyi-Reyn departamentidan senator, Yevropa Kengashining Parlament assambleyasi a’zosi, “Fransiya-Kavkaz” do’stlik guruhi raisi:

— Meni senator sifatida qonun ijodkorligi, nazorat va tahlil sohalarida parlament va hukumat o’rtasidagi samarali hamkorlik haqidagi tashabbus alohida e’tiborimni tortdi. Bu hokimiyat organlaridagi o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini kuchaytiradi, qonun ustida ishlash hamda uning ijrosini yaxshilaydi.

O’zbekistonda saylovni kuzatish chog’ida biz yuksak demokratik rivojlanish, chinakam umumxalq demokratik saylovni tashkil etish va o’tkazishning yuqori darajasiga guvohi bo’ldik. Men O’zbekistonda juda ko’plab davlatlar o’rganishi mumkin jihatlar bor, deb o’ylayman.

Jan-Antuan Dyupra, Sorbonna universiteti (Parij IV) huzuridagi Shahar qurilishi va taraqqiyoti instituti direktori o’rinbosari:

— Bu gal men O’zbekistonda bo’lib o’tgan saylov kampaniyasida Fransiyadan xalqaro kuzatuvchi sifatida uchinchi bor ishtirok etdim. O’tgan parlament va prezident saylovlarida saylov organlarining aniq va benuqson faoliyatlariga alohida e’tibor qaratgandim. Bu gal meni ovoz berish jarayonlarining tartibli tashkil etish, shuningdek, saylov kampaniyasida shaffoflik darajasini oshirish, qanaqadir texnik xatolar, qonunbuzarlik yoki suiiste’mollikka yo’l qo’yilmaslik choralarining kuchaytirilganligi quvontirdi.

Mamlakat hayotining turli sohalarini modernizatsiya qilish va liberallashtirishga yo’naltirilgan islohotlarning davom ettirilishi natijasida O’zbekistonda fuqarolarning saylov huquqlari bo’yicha xalqaro andozalarga to’la mos keladigan samarali huquqiy baza yaratildi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasida saylovlarni tashkil etish jarayonlaridagi qator ijobiy o’zgarishlarni qayd etishni istardim. Mamlakat bo’ylab ovoz berish jarayonlarining jonli xaritasi namoyish etilishida infografika tizimidan foydalanilishi, matbuot va televideniyeda saylov kampaniyasining to’laqonli yoritilishi, saylov jarayonlarining to’g’ridan to’g’ri efirga uzatilishi yuksak bahoga munosibdir. Bularning barchasi O’zbekistonda saylov kampaniyasini o’tkazishning texnologiya va siyosiy jihatdan takomillashganini ko’rsatadi.

Pyer-Emmanuel Dyupon, Public International Law Advising Group xalqaro huquq masalalari bo’yicha maslahat idorasining raisi:

— Eng avvalo, O’zbekiston saylov organlarining yuksak malakali va mas’uliyatli ekanliklarini ta’kidlashni istardim. O’zbekistonda ovoz beruvchilarning o’ta faolligi, mamlakatning siyosiy partiyalari o’rtasidagi qonun buzilishlari va to’siqlarsiz, halol raqobat ruhida bo’lib o’tgan saylovdan menda juda ijobiy taassurotlar qoldi. Men Buxorodagi 16 ta saylov uchastkasida bo’ldim. Imkoniyati cheklangan fuqarolarga yaratilgan qulay sharoitlarni, oilaviy ovoz berilishiga va boshqa qoidabuzarliklarga yo’l qo’ymaslik borasida olib borilgan chora-tadbirlarni alohida ta’kidlashim mumkin.

Bizning missiyamiz, shuningdek, mamlakatda sanoat mahsulotlarining o’sishi, yirik infratuzilmaviy loyihalarning amalga oshirilishi, yo’llar va boshqa kommunikatsiya ob’yektlarining qurilishi kabi O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida erishgan yangi yutuqlarini ko’rish imkoniyatiga ega bo’ldi. Mamlakatning qiyofasi tez va yaxshi tomonga o’zgarmoqda.

Yangi Prezident saylovi O’zbekiston o’z davlatchiligi va jadal taraqqiyotining mustahkamligi bo’yicha imtihondan o’tganini ko’rsatdi. Bu mamlakatning mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash hamda Markaziy Osiyoda iqtisodiy va siyosiy vaziyatni yaxshilashning omili sifatida tutgan o’rnini yana bir bor tasdiqladi. O’zbekiston - mintaqaviy ziddiyat va xavf-xatarlarga qarshi tayanchdir.

Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Prezidenti etib saylanishi nafaqat iqtisodiy o’sishning jadal sur’atlarini davom ettirishga, balki mintaqadagi ko’plab muammolarning hal etilishiga ko’maklashadi. Bayon etilganidek, Prezidentning siyosiy dasturi O’zbekiston bilan barcha qo’shni davlatlar o’rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga, shuningdek, do’stona va o’zaro manfaatli aloqalarni izga tushirishda mo’tadil yondashuvni saqlashga yo’naltirilgan. Shu ma’noda, O’zbekiston va Fransiya munosabatlari barcha yo’nalishlarda yanada rivojlanishiga ishonaman.

“Jahon” axborot agentligi muxbiri bilan suhbatda senator Andre Rishar ovoz beruvchilar, jumladan, yoshlarning saylov uchastkalariga yog’ilib kelishi va ularning faolligi uni juda hayratga solganini qayd etdi.

— Yosh avlod uchun bu o’zbek xalqining boy tarixiga asoslangan demokratiyaning haqiqiy sabog’i bo’ldi, - dedi u. - Hozirgi sharoitlarda Fransiya va butun Yevropaning vazifasi O’zbekistonning yangi rahbarini demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy islohotlarni davom ettirishida faol qo’llab quvvatlash deb o’ylayman. Bu vazifalar esa, saylangan Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida bayon etilgan. Fransiya Senatida biz faoliyat olib borayotgan “Fransiya-Markaziy Osiyo” guruhi O’zbekiston tomoni manfaatdor bo’lgan parlamentlararo hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish tarafdoridir. Fursatdan foydalanib, o’zbek xalqiga kelgusi taraqqiyot va ravnaq yo’lida muvaffaqiyatlar tilayman.

O’z navbatida, “Ibn Sino-Fransiya” uyushmasi prezidenti Mark Bonnel O’zbekistonning turizm sohasi jadal rivojlanishini ta’minlash, xususan, viza berish siyosatining tubdan erkinlashtirilishi borasidagi chora-tadbirlarni olqishladi.

— Bu, hyech bir shubhasiz, O’zbekistonning jahon bozorida yangidan kashf etilishiga xizmat qiladi, - dedi u. - Mamlakatingizga xalqaro kuzatuvchi sifatidagi bu galgi safarim ko’p esda qolarli bo’ldi. Men vazirlik va idoralarda muhim uchrashuvlar o’tkazdim va umid qilamanki, ular sog’liqni saqlash va tibbiyot sohalarida, Abu Ali ibn Sinoning ilmiy va insonparvarlik yo’nalishidagi ulkan merosini dunyoda ommalashtirish borasidagi o’zaro manfaatli hamkorligimizni kengaytirishga xizmat qiladi.

— O’zbekistonda Prezident saylovida ovoz berish to’laqonli ochiqlik va transparentlik asosida o’tdi, - dedi Sorbonna universiteti professori Gi Olivye For. - Mahalliy va ko’p sonli xalqaro ekspertlar ovoz berish jarayonlarining boshidan oxirigacha qatnashish va kuzatish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Saylov xohish-istakni demokratik ifoda etish sharoitida o’tdi. Men o’z safarim davomida kelgan eng asosiy xulosam shu bo’ldiki, O’zbekiston aholisida demokratik huquqiy davlat barpo etish va uning ravnaqi yo’lini davom ettirish uchun fuqarolik mas’uliyati, qat’iylik va g’ayrat-shijoat barq urib turibdi.

“Jahon” AA, Parij