Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijga keldi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8 oktabr kuni rasmiy tashrif bilan Fransiyaga keldi.
«Orli» xalqaro aeroportida mamlakatimiz delegatsiyasi tantanali kutib olindi.
Bugun davlatimiz rahbari BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti Bosh direktori Odri Azule va Fransiya Senati Raisi Jerar Larshe, shuningdek, Fransiyaning eng yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashadi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 9 oktyabrga belgilangan. Muzokaralar kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish, turli tarmoqlarda investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari o‘rin olgan.
Uchrashuvlar yakunida hukumatlararo va idoralararo 10 dan ortiq hujjat, jumladan, iqtisodiyot, moliya, transport, turizm, ekologiya, madaniyat va san’at sohalarida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.