PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEV YANA BIR ISTIQBOLLI LOYIHA BILAN TANISHDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezidentimiz g‘oyasi asosida O‘zbekiston avtotransport sohasidagi yana bir yangi tashabbus. Toshkentda fuqarolik aviatsiyasining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan ishbilarmonlik aviatsiyasini tashkil etish loyihasi.
Bu Markaziy Osiyo mintaqasidagi birinchi va yagona bo‘lgan tizimdir. Mamlakatimiz rahbari ana shu loyiha doirasida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Loyiha taqdimotida aytib o‘tilganidek, ishbilarmonlik aviatsyasi yakka tartibdagi hamda korporativ parvozlar, shuningdek, ular bilan bog‘liq xizmatlarini ko‘rsatish, aviatsiya texnikasiga yordam berish, ularni ekspluatatsiya qilish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
“Har bir mamlakat iqtisodiyoti rivojida transport-kommunikatsiya tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Ishbilarmonlik aviatsiyasi bu yangi imkoniyatlar, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlardir”, - dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev. Yangi loyiha xorijlik investorlar qatori o‘zbekistonlik ishbilarmon doira vakillariga ham mahsulotlarini tashqi bozorlarga yetkazib berish, o‘zaro biznes-sheriklar topishda katta o‘rniga ega bo‘ladi.
Taqdimot jarayonida mamlakatimiz rahbari xorijlik delegatsiyalarga yuksak darajada xizmat ko‘rsatuvchi yangi havo portiga mos ravishda bu yerda ko‘plab infratuzilma ob’ektlari, mehmonxona, biznes markazlarini bunyod etish borasida mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.