Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

PREZIDENT TA’LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLARNING BORISHI BO‘YICHA MAJLIS O‘TKAZDI

2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili 2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik "Sharq taronalari" xalqaro festivali "Sharq taronalari" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
hamma resurslarni ko'rsatish
PREZIDENT TA'LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLARNING BORISHI BO‘YICHA MAJLIS O‘TKAZDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-avgust kuni umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani ta’minlagan holda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikning borishi, 11-yillik o‘rta ta’lim tizimini joriy etish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan isloh qilish, yangi ochilgan oliy ta’lim muassasalari, filiallar faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq ishlar holati bilan yaqindan tanishish maqsadida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori M.Xolmuhamedov, xalq ta’limi vaziri U.Inoyatov va ularning o‘rinbosarlarini qabul qildi va hisobotlarini tingladi.

Majlisda Prezidentning Davlat maslahatchisi A.Yunusxodjayev, Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov va Hisob palatasi raisi M.Ikromov qatnashdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan isloh qilish borasida berilgan topshiriqlar ijrosining borishi ko‘rib chiqildi.

Belgilangan vazifaga muvofiq, umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini o‘z xohishiga ko‘ra 10-sinfda o‘qishini davom ettirishi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qamrab olish ishlari izchil davom etmoqda.

O‘quv rejasiga ko‘ra, 10-sinf o‘quvchilari haftada 5 kun umumta’lim fanlarini va 1 kun kasbga doir fanlarni o‘rganishi belgilandi. Kasb-hunar kollejlaridan uzoq masofada joylashgan 2703 ta maktab uchun 1103 ta maktabda, 6956 maktab uchun esa 615 ta kollejda o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etiladi.

Maktablarda 10-sinf ochilishi munosabati bilan 22 ming o‘qituvchiga ehtiyoj yuzaga keladi. Shularning 9,5 ming nafari oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hisobidan, 13 ming nafari litsey va kollejlar o‘qituvchilarini jalb etish hisobidan qoplash rejalashtirilyapti.

2017-2018 o‘quv yilidan boshlab 10-sinflarda dars beradigan 116 ming nafar o‘qituvchining kasbga oid bilimlarini yangilash va chuqurlashtirish maqsadida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yildi.

10-sinf o‘quvchilari uchun 8,5 million nusxa darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar chop etilib, ayni paytda ta’lim muassasalariga yetkazilmoqda.

Ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha vertikal tizim yaratilib, vazirlikdan hududlarga 14 nafar, hududiy xalq ta’limi boshqarmalaridan tuman va shaharlarga 195 nafar, tuman va shahar xalq ta’limi bo‘limlaridan har bir maktabga mas’ullar biriktirildi.

Bu yil 1-sinfga qabul qilinadigan 650 ming nafar o‘quvchi uchun “Prezident sovg‘asi” sifatida 12 nomdagi o‘quv qurollari solingan maktab sumkalari tayyorlanib, joylarga to‘liq yetkazildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamkorligida iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilarni tanlab olish va ularni oliy ta’lim muassasalariga maqsadli tayyorlashni tashkil etish uchun har bir oliy ta’lim muassasasi huzurida bittadan akademik litsey ochish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishlari olib borilmoqda.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari tarmoq vazirliklari va davlat qo‘mitalariga biriktirib berildi.

10-11-sinflar joriy etilib, kollejlarda kontingent qisqarishi munosabati bilan mavjud moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish maqsadida 7 ta kollej va akademik litsey negizida yangi 3 ta oliy ta’lim muassasasi filiallari va 1 ta oliy ta’lim muassasasi tashkil etilmoqda.

Muloqot chog‘ida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini ortiqcha hisobotlar, turli byurokratik topshiriqlardan ozod etish, ularning ilmiy salohiyatini ta’lim mazmuni va sifatini yanada yaxshilash, ilmiy- tadqiqot ishlariga yo‘naltirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Prezidentimiz maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, eng ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Bolalarning qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda, ularga maktabgacha bo‘lgan davrda har tomonlama puxta ta’lim va tarbiya berish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirib borish, shu orqali ularni ona Vatanga muhabbat, pokiza orzular ruhida kamol toptirish bugungi kundagi eng muhim, eng dolzarb masalalardan biri ekanini ta’kidladi. Zero, farzandlarimizning maktabda qanday o‘qishi, qanday yuksak maqsadlar bilan kamol topishi ko‘p jihatdan ularning maktabgacha ta’lim muassasasida oladigan tarbiyasiga bog‘liqdir.

Majlisda davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, boshqaruv tuzilmasini tashkil etish, mazkur muassasalarga bolalarni 100 foiz qamrab olishga qaratilgan alohida dastur ishlab chiqish, boshlang‘ich ta’lim muassasalariga qator imtiyozlar berish, shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi malaka oshirish institutlarida ta’lim mazmunini sifat jihatdan tubdan o‘zgartirish, ularni eng ilg‘or oliy ta’lim muassasalari tarkibiga o‘tkazish orqali umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga eng bilimli va tajribali professor-o‘qituvchilar ta’lim berishiga erishish borasida muhim vazifalar belgilab berildi.

Muloqot yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga 25-avgustga qadar barcha ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga sifatli tayyorlash hamda Investitsiya dasturiga kiritilgan ta’lim obyektlarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlarini yakunlash, ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

O‘zA