Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Prezident Talabalar shaharchasiga tashrif buyurdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Prezident Talabalar shaharchasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 may kuni Toshkentdagi Talabalar shaharchasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Talabalar shaharchasi mamlakatimizdagi yirik ta’lim va ilm-fan maskanidir. Bu yerda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, kollej va litseylar, sport majmualari joylashgan. Ikki universitetda qariyb 25 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan shaharcha hududining boshlanishida, «Beruniy» metro bekati yonida Beruniy maydoni barpo etildi. Abu Rayhon Beruniyning Texnika universiteti oldidagi haykali shu yerga ko‘chirilib, atrofi obod qilindi. Allomaning buyuk merosi haqida ma’lumot beruvchi tosh lavhlar o‘rnatildi. Bular o‘ziga xos majmua hosil qilib, Talabalar shaharchasi ilmiy salohiyatining yana bir ramzi bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari ushbu majmuani ko‘zdan kechirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 2 dekabr kuni Talabalar shaharchasiga tashrif buyurib, Innovatsion rivojlanish vazirligi uchun bino qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

Shunga muvofiq bu yerda besh qavatli zamonaviy bino bunyod etilmoqda. Vazirlikda iqtisodiyot tarmoqlarining innovatsion ehtiyojlarini o‘rganish, yoshlar innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash xizmatlari, masofaviy ta’lim kurslari yo‘lga qo‘yiladi. Yangi ishlanma va texnologiyalar namoyishi, startap loyihalar iqtidorli yoshlarda ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.

Binoning birinchi qavatida kutubxona, amfiteatr, xoll, ko‘rgazmalar zali joylashadi. Yuqori qavatlarda kovorking va startap hududlar, internet laboratoriyalar, anjuman zallari bo‘ladi. Aerokosmik laboratoriya, ustaxona, reklama agentligi ham tashkil etiladi.

– Vazirlikni bejiz Talabalar shaharchasiga joylashtirmadik. Bu yerdagi oliy o‘quv yurtlarida minglab iqtidorli yoshlar, tadqiqotchilar, olimlar bor. Ularni jalb etib, qo‘llab-quvvatlab, har bir sohada yangilik yaratish kerak. Innovatsion rivojlanish vazirligi bu borada ilmiy markaz, baza bo‘lishi zarur, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda vazirlik va Jarayonlarni avtomatlashtirish milliy assotsiatsiyasi - NAPA tomonidan xorijiy markazlar bilan hamkorlikda tashkil etilishi rejalashtirilgan innovatsion texnopark taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ushbu texnoparkda axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yangi ishlanmalar yaratish va transfer qilish uchun zamonaviy sharoit yaratiladi. Yoshlarni rag‘batlantirib, axborot texnologiyalari sohasidagi tajribali mutaxassislarning mamlakatimizga kelishiga turtki beradi.

Shavkat Mirziyoyev texnoparkda eng zamonaviy moddiy-texnik baza yaratish, kadrlar tayyorlash va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

www.president.uz