Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Prezident Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi bilan tanishdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Prezident Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi bilan tanishdi

Yirik sanoat korxonalari mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Toshkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilayotgan Toshkent metallurgiya zavodi shulardan biri.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 avgust kuni ushbu korxona qurilishi bilan tanishdi.

Loyiha qiymati 286,7 million yevrolik mazkur korxonaga Italiya, Germaniya, Avstriya, Rossiya kabi davlatlarda ishlab chiqarilgan ilg‘or va zamonaviy uskunalar keltiriladi. Bu yerda avtomobil kuzovlari va maishiy texnika uchun metall listlar, metall cherepitsalar, profnastil va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. To‘liq quvvatda tushirilgach, korxonada yiliga 500 ming tonna mahsulot ishlab chiqariladi, 700 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi.

Prezidentimiz 2017 yil fevral oyida ushbu korxona qurilishi loyihasi bilan tanishib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar bergan edi. O‘tgan vaqt mobaynida bu yerda keng ko‘lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Zavod binosi konstruksiyasi qurib bitkazildi.

Shavkat Mirziyoyev qurilishning borishi bilan tanishdi. Zavodning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rniga to‘xtalib, bu yerda ishlaydigan mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

www.president.uz