Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Prezident Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Prezident Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 mart kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Davlatimiz rahbari dastlab Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markaziga tashrif buyurib, kongress-xoll va besh yulduzli mehmonxona barpo etilish jarayoni bilan tanishdi.

Mazkur inshootlar qurilishi o‘tgan yil mart oyida boshlangan bo‘lib, bugungi kunda muhtasham kongress-xoll va 21 qavatli mehmonxonaning beton-karkas ishlari nihoyasiga yetgan. Hozirda metall konstruksiyalar va kommunikatsiyalarni montaj qilish, tom yopish, tashqi pardozlash ishlari olib borilmoqda.

Prezidentimizga kongress-xollning fasadi, xonalari va yo‘laklarining ko‘rinishiga doir loyihalar namoyish etildi.

Ma’lumki, Tashkent City biznes-markazlar, mehmonxonalar, ofislar, ko‘p qavatli uylar, restoranlar va boshqa ob’ektlarni o‘z ichiga olgan zamonaviy kompleks bo‘ladi.

Kelgusida bu yerda oliy darajadagi tadbirlar, yirik xalqaro anjumanlar o‘tkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev kongress-xollning asosiy zali, har bir xonasini ko‘zdan kechirib, ularning qanday bezatilishi va jihozlanishi, mehmonlar uchun qanday sharoitlar yaratilishi bilan qiziqdi. Xalqaro sammitlar chog‘ida ko‘plab delegatsiyalar qatnashishini inobatga olib, yukori martabali mehmonlar va ishtirokchilarning harakatlanishi, ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi, dam olishi uchun keng qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Kongress-xollning birinchi qavati zamonaviy dizaynda, ikkinchi qavati esa klassik uslubda bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Yo‘laklarni yurtimiz rassomlarining eng sara asarlari bilan bezatishni taklif qildi.

Mazkur kongress-xoll yonida qurilgan mehmonxonaga oid loyihalar ham namoyish etildi.

Shu bilan birga, Prezident Tashkent City yaqinida qad ko‘targan “Humo Arena” muz saroyida olib borilayotgan so‘nggi pardozlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Davlatimiz rahbari 2017 yil 3 fevral kuni ushbu majmua loyihasini ma’qullab, uning qurilishiga tamal toshi qo‘ygan edi. O‘tgan qisqa davrda mamlakatimiz shaharsozligida yangilik bo‘lgan ko‘p tarmoqli sport majmuasi bunyod etildi.

Majmua Toshkent shahrining Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasida, 9 gektar maydonda qurilgan. Zamonaviy muhandislik texnologiyalarini uyg‘unlashtirgan “Humo Arena” majmuasidan 12,5 ming o‘rinli ko‘p tarmoqli muz arenasi, 200 o‘rinli mashg‘ulotlar maydoni, trenajyor zali, sport muzeyi va ko‘plab boshqa ob’ektlar o‘rin olgan.

Har biri 60x30 metr o‘lchamdagi asosiy va mashq maydonlari musobaqalarni xalqaro talablar darajasida o‘tkazish, yoshlarni sport bilan shug‘ullantirish uchun yaxshi imkoniyat beradi.

Mobil o‘rindiqlar sport musobaqalaridan bo‘sh paytda ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga ham moslasha oladi. Bu yerda xokkey, short-trek, figurali uchish, kyorling bilan birga basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo va boshqa turdagi bellashuvlar o‘tkazish mumkin. Bundan tashqari, bayram tadbirlari, konsertlar, ko‘rgazma va forumlar tashkil etish uchun ham sharoit yaratilgan.

Yangi majmua mamlakatimizda sportni rivojlantirish, uning qishki turlarini ommalashtirish, sportchilar tayyorlashni yangi, xalqaro darajaga olib chiqish borasidagi ishlarga kuchli sur’at bag‘ishlaydi.

Prezidentimiz majmuadan samarali foydalanish, ommaviy tadbirlar vaqtida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, inshoot atrofini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

www.president.uz