Prezident Vazirlar Mahkamasi a’zolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Islohot – bu yangilanish, o‘zgarish degani. Islohotlar ijobiy natija berishi uchun, avvalo rahbarlarimiz va odamlarimiz o‘zgarishi kerak. Inson o‘zgarsa, jamiyat o‘zgaradi, - dedi Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida.
Bu maqsadga erishish uchun barcha darajadagi rahbarlar va xalq deputatlari faoliyatini tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik asosida tashkil etish zarurligini ta’kidladi. Bo‘lajak vazirlar parlament oldida mas’uliyatni his etishi, lavozimga munosibligini isbоtlashi kerakligi qayd etildi.
Prezident shu bois Vazirlar Mahkamasi a’zolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etdi.