Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“PREZIDENTGA MAKTUBLAR” KITOBINING TO‘RTINCHI JILDI NASHRDAN CHIQDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“PREZIDENTGA MAKTUBLAR” KITOBINING TO‘RTINCHI JILDI NASHRDAN CHIQDI

“Ma’naviyat” nashriyoti tomonidan “Prezidentga maktublar” kitobining navbatdagi – to‘rtinchi jildi chop etildi.

Ushbu kitobdan 2013 – 2016-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga mamlakatimiz va xorijiy davlatlar fuqarolari hamda nufuzli xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, taniqli siyosatchilar, jamoat arboblari tomonidan kelgan xatlar va ularga javob maktublaridan ayrim namunalar o‘rin olgan.

Mazkur xatlarni o‘qir ekansiz, turli soha va tarmoqlarda mehnat qilayotgan, yoshi, kasbu kori, millati va dunyoqarashiga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan maktub egalarining o‘y-fikrlari, orzu-intilishlari naqadar xolis va samimiy ekani, ularni umumiy bir xususiyat – ona Vatanimizga, xalqimizga, Prezidentimizga mehr va ishonch birlashtirib turganini yaqqol his qilasiz.

Vatanimizning turli hududlaridan Yurtboshimiz nomiga yuborilgan xatlar O‘zbekistonning bugungi taraqqiyot manzarasini, barcha soha va tarmoqlarda erishayotgan yutuq va marralarimizning miqyosi va ko‘lami, ularning yurtdoshlarimiz hayotiga ko‘rsatayotgan ijobiy ta’sirini bamisoli yorqin ko‘zgudek namoyon etishi bilan ahamiyatlidir.

Bugungi kunda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan zamonning o‘zi shuni ko‘rsatmoqdaki, odamlarimiz avvalo o‘ziga, oilasiga bevosita daxldor bo‘lgan voqea-hodisalardan, o‘zgarishlardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, bu jarayonda o‘zining o‘rni va ta’siri qanday ekanini tushunib, anglab, hayotga, kelajakka katta ishonch bilan yashamoqda. Ayni mana shu xususiyat barcha maktublarning bosh g‘oyasi, bosh mavzusi, desak, xato bo‘lmaydi.

Ushbu xatlarning asosiy qismida ko‘rsatilgan mehr-oqibat va yaxshilik, e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun davlatimizga, xalqimizga, Prezidentimizga samimiy minnatdorlik tuyg‘ulari ifoda etilgan. Bu bejiz emas. Nega deganda, xalqimiz doimo yaxshilikka intilib, yaxshilikni qadrlab yashaydi.

Muxtasar aytganda, bu xatlar yurtdoshlarimizning dunyoqarashi, ongu tafakkuri o‘zgarib, ularning grajdanlik pozitsiyasi tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi. Bu ayni paytda xalqimiz ijtimoiy kayfiyatining muhim ustuvor ko‘rsatkichidir.

Mazkur kitobda jam bo‘lgan xatlarda oddiy maktab o‘quvchisidan tortib ko‘pni ko‘rgan tajribali insonlargacha, ishchi va muhandislar, dehqon va fermerlar, tadbirkor va ishbilarmonlardan tortib shifokor, muallim va murabbiylargacha, ilmiy-ijodiy soha vakillaridan tortib harbiy xizmatchilargacha, qisqacha aytganda, butun xalqimizning ovozi baralla eshitilib turadi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Maktub mualliflari orasida xorijiy davlatlarning fuqarolari, atoqli davlat va siyosat arboblari ham borligi Prezidentimizning serqirra faoliyati xalqaro miqyosda, chet ellarda ham katta qiziqish uyg‘otayotgani – mamlakatimiz qo‘lga kiritayotgan ulkan marralar jahonda tan olinayotgani va keng e’tirof etilayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

Bunday xatlarda tinchlik va xavfsizlikni saqlash, O‘zbekiston bilan chet davlatlar hamkorligining turli qirralari, xalqimizning qadimiy va boy tarixi, uning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi, Markaziy Osiyo mintaqasi va jahon miqyosidagi dolzarb masalalar yechimi bo‘yicha Prezident Islom Karimov tomonidan ilgari surilayotgan amaliy taklif va xulosalarning ahamiyati haqida so‘z boradi.

O‘ylaymizki, bu to‘plam O‘zbekiston Prezidentining mustaqil taraqqiyotimizning o‘ta murakkab va yuksak mas’uliyatli davridagi samarali faoliyati, mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat qurish yo‘lida xalqimiz qo‘lga kiritayotgan tarixiy yutuq va marralar, fuqarolarimizning jamiyat hayotidagi o‘zgarish va yangilanish jarayonlariga daxldorlik hissi va burchi, shu bilan birga, davlatimiz rahbari tomonidan xalqaro jamoatchilik vakillari bilan olib borilayotgan samimiy va amaliy muloqotlar haqida kitobxonlarimiz tasavvurlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

O‘zA