Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV LOGISTIKA MARKAZI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR BILAN TANISHDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV LOGISTIKA MARKAZI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR BILAN TANISHDI

Davlatimiz rahbari Xo‘jayli tumanidagi barpo etilayotgan zamonaviy logistika markazida bo‘ldi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning yanvar oyida Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida mazkur xududda logistika markazi qurish topshirig‘ini bergan edi.

“Xo‘jayli agrosanoat markazi” MCHJ tomonidan tashkil etilayotgan mazkur markaz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va eksport qilish bilan shug‘ullanadi, ichki bozorni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, yer maydonlaridan unumli foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

15,3 gektar maydonni egallagan majmuada 2018 yil 5 ming tonna meva-sabzavotni qadoqlash, saralash va qayta ishlash imkoniyati yaratiladi. 150 kishi ish bilan ta’minlanadi.

Prezidentimizga mazkur majmua haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shu yerda Qoraqalpog‘istonda oziq-ovqat sanoati sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Xususan, 2018-2019-yillarda meva-sabzavot va go‘shtni qayta ishlash, sovutkichlar qurishga oid 70 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. 2018-2020-yillarda chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish dasturi doirasida 250 ta loyihani hayotga tatbiq etish ko‘zda tutilgan. Natijada 730 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi. 2018-2020 yillarda baliqchilikni rivojlantirish dasturi doirasida 6 ta loyiha bajariladi. Nukus va Qanliko‘l tumanlarida sholi maydonlarida baliq yetishtirish texnologiyasi tadbiq etiladi.

Prezidentimizga 2018-yil Qoraqalpog‘istonda tomorqalardan samarali foydalanish dasturi loyihasi ham taqdim etildi.

Davlatimiz rahbari mazkur loyihalar ahamiyatiga to‘xtalib, ularni yanada takomillashtirish va o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

www.uza.uz