PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV TURKMANISTONGA JO‘NAB KETDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 19-may kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining Turkmanboshi shahrida o‘tadigan uchrashuv va muzokaralarida mamlakatlarimiz o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir dolzarb masalalar muhokama qilinadi, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.
Muzokaralarda Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 6-7-mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifi doirasida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlar ijrosi ham ko‘rib chiqiladi.
Davlat rahbarlarining muzokaralari yakunida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo va boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Tashrif doirasida mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro manfaatli tijorat shartnomalari va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Orol fojiasidan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlaridan kelgan bir guruh bolalar dam olayotgan "Avaza" milliy sayyohlik zonasiga tashrif buyuradi.
O’zA