Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV YAKKABOG‘ TUMANIDAGI “DARMON SHARBATI” MEVA-SABZAVOTNI QAYTA ISHLASH VA QADOQLASH KORXONASI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV YAKKABOG‘ TUMANIDAGI “DARMON SHARBATI” MEVA-SABZAVOTNI QAYTA ISHLASH VA QADOQLASH KORXONASI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

Qashqadaryo zaminida yetishtirilgan, quyosh nuriga to‘yingan, unumdor va bahavo hududlarda pishib yetilgan sarxil noz-ne’matlar g‘oyat mazali va foydali darmondorilarga boy bo‘ladi. Shu bois bunday mahsulotlarni yurtdoshlarimiz ham, xorijliklar ham birdek sevib iste’mol qiladi.

Davlatimiz rahbari 2017- yil fevral oyida Qashqadaryo viloyatiga safari chog‘ida viloyatda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, ularni eksport qilish hajmlarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Yakkabog‘ tumanidagi “Darmon farm” xususiy korxonasiga qarashli "Darmon sharbati" meva-sabzavotni qayta ishlash va qadoqlash korxonasi 2017- yil avgust oyida ishga tushirildi. Bu yerda kuniga 12 tonna mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Zamonaviy, energiyatejamkor uskunalar bir kecha-kunduzda 20 tonnagacha meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatiga ega. Asosan olma, oshqovoq va sabzi sharbati tayyorlanib, ichki bozorga chiqarilmoqda. Kelgusida uzum, anor va boshqa qator sabzavot mahsulotlarini ham qayta ishlab, sharbat tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Prezidentimiz korxonadagi ish jarayoni bilan tanishdi. Bu yerda joriy qilingan zamonaviy texnologiyalar samarali ish jarayoni va yuqori sifatli mahsulot tayyorlashni ta’minlamoqda. Meva-sabzavotlarning tabiiy xususiyatlari saqlab qolingan tayyor mahsulot 1,5 va 3 litrli maxsus idishlar – akseptik paketlarga qadoqlanadi. Korxona xodimlari kasb-hunar kollejlarini bitirgan yoshlardir. Ularga zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishda xorijlik mutaxassislar saboq bergan.

Korxonada tayyorlanayotgan tabiiy sharbatlar chet ellik xaridorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Yaqinda rossiyalik hamkorlar bilan eksport kelishuvlariga erishildi.

Davlatimiz rahbari viloyatda bu kabi korxonalarni ko‘proq tashkil etish lozimligi, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirgan yoshlarni tarbiyalash lozimligini ta’kidladi. Buning uchun Qashqadaryoda imkoniyatlar ham, ishchi kuchi ham yetarli.

Shu yerning o‘zida Qashqadaryo viloyatida 2018-2019 -yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash hamda eksport hajmini oshirish loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Kitob tumanidagi “Easi agro international” MChJ tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilish loyihasi doirasida yiliga 8 million shartli banka sabzavot konservalari va jemlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Korxonani 2018 yilning uchinchi choragida ishga tushirish mo‘ljallanmoqda. Korxona to‘liq quvvat bilan ish boshlagach, 60 yangi ish o‘rni yaratiladi.

"Darmon sharbati" meva-sabzavotni qayta ishlash va qadoqlash korxonasi tomonidan meva-sabzavotni qayta ishlash va bolalar taomlari ishlab chiqarish, “Sharofat opa Qahramon qizi” agrofirmasi tomonidan muzlatkich omborxonasi qurish loyihalari ham taqdim etildi.

Prezidentimiz loyihalarni o‘z vaqtida va mukammal tarzda yakuniga yetkazish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

O‘zA