Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

PREZIDENTIMIZ YENGIL SANOAT LOYIHALARI BILAN TANISHDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
PREZIDENTIMIZ YENGIL SANOAT LOYIHALARI BILAN TANISHDI

Davlatimiz rahbari Samarqand shahridagi sobiq liftsozlik zavodi hududida tashkil etilgan sanoat majmuasida bo‘lib, viloyatda amalga oshirilayotgan yengil sanoat loyihalari bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev viloyatdagi korxonalarida ishlab chiqarilgan yengil sanoat mahsulotlari namunalarini ko‘zdan kechirdi.

Prezidentimizning shu yil 14-15-aprel kunlari viloyatga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlar asosida 2017-2018-yillarda amalga oshirilishi mo‘ljallangan 19 loyiha bo‘yicha izchil ishlar olib borilayotir.

“Sam Rafoat tekstil”, “8-mart”, “Iman teks”, “Samarqand Yevro Aziya tekstil”, “Amin invest interneyshnl”, “Maroqand sifat” kabi korxonalarda tayyorlanayotgan tikuv-trikotaj mahsulotlari, bo‘yalgan trikotaj mato, kiyim-kechaklar ichki bozordan tashqari eksportga ham yo‘naltirilmoqda. Bu korxonalar salohiyatini oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkonini berayotir.

Ayni paytda Pastdarg‘om, Samarqand, Bulung‘ur, Oqdaryo tumanlaridagi qator korxonalarda yangi loyihalar ustida ishlar olib borilayotir. Natijada jinsi mato, jinsidan tayyor kiyim-kechak, yangi turdagi vilvet, mebel gazlamalari, aralash va sintetik
matolar ishlab chiqarish hajmi kengayadi.

Prezidentimiz sohada yaratiladigan har bir ishchi o‘rni muhim ekani, bu korxonalar istiqbolini belgilash va aholini doimiy ish bilan ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shu yerda terini qayta ishlash, charm-poyabzal ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.

Davlatimiz rahbari “Ideal Yelektroluks” O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika jihozlari, “Sino” aksiyadorlik jamiyatida tayyorlanayotgan muzlatkich va sovutkichlarni ko‘zdan kechirib, mahsulotlarni tashqi bozorga yo‘naltirish, eksport imkoniyatlarini oshirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

www.uza.uz