PREZIDENTIMIZGA XUSUSIY UY-JOYLARGA XIZMAT KO‘RSATUVCHI PROFESSIONAL BOSHQARUV KOMPANIYASI FAOLIYATI HAQIDA MA’LUMOT BERILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Sergeli tumani 6-A massivida Xususiy uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi professional boshqaruv kompaniyasi ish boshladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga mazkur xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati haqida ma’lumot berildi.
Bugungi kunda ko‘p uylarni o‘zida birlashtirgan yirik shirkatlar optimallashtirilib, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va professional boshqaruv kompaniyalari tashkil etilmoqda.
Boshqaruv kompaniyasida aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratilgan. 40 dan ortiq xodim uy-joy fondini asrash va malakali xizmat ko‘rsatish borasida mehnat qilmoqda.
Kompaniya 8 ta maxsus texnikaga ega bo‘lib, massivdagi barcha yumushlarni bajaradi. Massivda 5 ta chiqindi yig‘ish punkti tashkil etilgan. Ularni kompaniyaga tegishli texnika vositalari tashib ketadi.
Bu yerda mulkdorlarning kundalik yumushlarini bajarish uchun barcha sohalar bo‘yicha mutaxassislar faoliyat olib bormoqda. Hovlilarga o‘rnatilgan chiroqlar, yo‘laklardagi ozodalik, daraxtlar va gullar doimiy nazoratda, har bir uy kuzatuv kameralari bilan ta’minlangan.
Kompaniya qoshida «Ipoteka bank»ning Sergeli filiali 12-jamg‘arma kassasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Ma’lumki, shaharda uy-joy fondini yanada kengaytirish, uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, ta’mirlash va foydalanish ishlarining samaradorligi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatiga bog‘liq. Shunday ekan, mazkur shirkatlarning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda moliyaviy sog‘lomlashtirish birinchi galdagi vazifadir.