Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Prezidentimizning Andijon viloyatiga tashrifi boshlandi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Prezidentimizning Andijon viloyatiga tashrifi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish hamda avval bergan topshiriqlari ijrosi bilan tanishish maqsadida 16 may kuni Andijon viloyatiga keldi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida viloyat har tomonlama rivojlandi, shahar va qishloqlar obod bo‘lib, aholining turmush farovonligi yuksaldi. Ayniqsa, sanoat, qurilish, farmasevtika, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, ijtimoiy sohalarni rivojlantirishda salmoqli natijalarga erishildi. Barcha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘sish kuzatildi.

2018 yilda investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 1,8 trillion so‘mga teng bo‘lgan 411 ta loyiha amalga oshirildi, 12 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish hisobiga 20,7 million AQSh dollari miqdorida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar, Oltinko‘l tumanida yiliga 33 million juft tibbiy qo‘lqop ishlab chiqarish quvvatiga ega yirik korxonalar foydalanishga topshirildi.

Viloyatda 2018 yilda 211,2 million AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilinib, belgilangan prognoz 124,2 foizga bajarildi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, AQSh, Hindiston, Isroil singari dunyoning 15 dan ortiq davlatlariga eksport qilinayotir.

Suv, elektr ta’minoti va yo‘l qurilish sohasida amalga oshirilgan ishlar salmoqli bo‘ldi. Jumladan, o‘tgan yili umumiy qiymati 305,6 milliard so‘m bo‘lgan 305 dona suv qudug‘i, 1 ming 228 kilometr suv, 608,7 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘ini qurish, 670 kilometr uzunlikdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari bajarildi, 294 ta transformator o‘rnatildi.

Prezidentimiz o‘tgan yilning 19-20 may kunlari viloyatga qilgan tashrifida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayoni, qator yo‘nalishlardagi ishlar, yangi loyihalar bilan tanishib, ularni amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar bergan edi. O‘tgan vaqt mobaynida ana shu topshiriqlar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

“Obod qishloq” dasturi doirasida viloyatdagi tanlab olingan 50 ta mahallada keng ko‘lamli qurilish, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Natijada qator mahallalar namunali mahallaga aylantirilib, odamlar uchun munosib turmush sharoiti yaratildi.

Andijon shahar Mustaqillik mahallasidagi barak tipidagi uylarda istiqomat qilayotgan aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida Xo‘jaobod tumanidan 54 gektar yer maydoni ajratilib, yangi “Mustaqillikning 27 yilligi” mahallasi barpo etildi. Bu yerda 1000 ta arzon namunaviy uy-joy, 2 ta maktab, 2 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, oilaviy poliklinika, madaniyat markazi, qator savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari hamda 500 ish o‘rinli tikuvchilik sexi bunyod etildi.

Investitsiya dasturiga muvofiq 40 ta maktabgacha ta’lim muassasasida 97 milliard so‘mlik “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturi doirasida 30 ta muassasada 47,5 millirad so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. Bundan tashqari, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 178 ta maktabgacha ta’lim muassasasida joriy, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, 2018 yilda 168 ta xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etildi.

Prezidentimizning navbatdagi tashrifi davomida viloyatni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalarning amalga oshirilishi, avvalgi tashrifda bergan topshiriqlarning ijrosi, aholining talab-ehtiyojlari bilan bevosita tanishish ko‘zda tutilgan.

www.uza.uz