Prezidentlar ko‘rgazmaga tashrif buyurdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

«O‘zekspomarkaz»da Belarus Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi ochildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko ushbu ko‘rgazmaga tashrif buyurdi.
Ko‘rgazmada 150 dan ortiq korxona o‘z mahsulot va xizmatlari bilan qatnashmoqda. Ular Belarusning qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, metallurgiya, kimyo sanoati, maishiy texnika, oziq-ovqat, to‘qimachilik, tibbiyot, ta’lim va boshqa sohalardagi yutuqlarini namoyish etmoqda.
Aleksandr Lukashenko Prezidentimizga mazkur sohalardagi imkoniyatlar, korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida so‘zlab berdi.
Shavkat Mirziyoyev belaruslik ishbilarmonlar bilan suhbatlashdi. Mutasaddilarga savdo aloqalarini kengaytirish, sanoat korxonalari va hududlar o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Davlat rahbarlari yuqori texnologiyalar sohasida, jumladan, ikki mamlakatning innovatsion markazlari va texnoparklari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xaridorgir tovarlarni birgalikda ishlab chiqarish muhimligini ta’kidladi.
Pavilonlardan birida mamlakatimiz meva-sabzavotlari va qayta ishlangan oziq-ovqat tovarlari namoyish qilindi. Ularning tabiiyligi, mazali va sifatliligi belaruslik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi, ishbilarmonlarda hamkorlik istagini uyg‘otdi.