Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

PUXTA TAYYORGARLIK SAYLOVNING YUKSAK SAVIYADA O‘TISHIGA XIZMAT QILADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
PUXTA TAYYORGARLIK SAYLOVNING YUKSAK SAVIYADA O‘TISHIGA XIZMAT QILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 5-Navoiy saylov okrugida uchastka saylov komissiyalari a’zolarining huquqiy bilimini oshirish, komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi ekspertlari, okrug saylov komissiyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘linmasi, viloyat adliya boshqarmasi xodimlari ishtirok etayotgan tadbirlarda uchastka saylov komissiyalari a’zolarining vazifasi, saylov uchastkalarini jihozlash kabi masalalar bo‘yicha ma’lumotlar, tushuntirishlar berilmoqda.

– Saylov uchastkalarining siyosiy jarayonga puxta tayyorgarligi ovoz berishning yuksak saviyada o‘tishiga xizmat qiladi, – deydi Markaziy saylov komissiyasi eksperti Shuhrat Fayziyev. – Komissiyalar faoliyatining huquqiy asoslari milliy saylov qonunchiligimizda mustahkamlangan bo‘lib, u saylovlarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish va o‘tkazishning muhim bo‘g‘inidir. Shu bois saylov uchastkalarida fuqarolar uchun zarur sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratiladi.

Seminarda uchastka saylov komissiyalarida hujjatlarni yuritish, saylovchilar ro‘yxatini tuzish va unga o‘zgartishlar kiritish, muddatidan oldin hamda saylov kuni ovoz berishni tashkil etish, saylovchilar o‘rtasida saylov qonunchiligini targ‘ib qilish singari muhim vazifalar bo‘yicha tushunchalar berildi. Uchastka saylov komissiyalari a’zolarining huquq va vakolatlari, ommaviy axborot vositalarining saylov jarayoni oshkoraligini ta’minlashdagi roli xususida fikr almashildi.

Bunday seminar-treninglar viloyatning barcha tuman va shaharlarida o‘tkazilmoqda.

O’zA