QADIMIY TOPILMALAR KO’RGAZMASI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Badiiy akademiyasi Xalqaro madaniyat karvon saroyida «Qadimiy Choch madaniy merosi» deb nomlangan ko’rgazma ochildi, deb xabar beradi O’zbekiston Milliy axborot agentligi. Unda Toshkent viloyatidagi Qonqa hamda Qorshovultepa qadimiy yodgorlik majmualari topilmalari namoyish etilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish borasidagi ezgu sa’y-harakatlarda boy tarixiy-madaniy merosimizni ko’z qorachig’idek asrab-avaylash, ularning ahamiyati va mohiyatini keng targ’ib etish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Xalqaro madaniyat karvon saroyida tarixiy qadamjolar, shahristonlar, yodgorlik majmualariga arxeologik ekspeditsiyalar uyushtirish, ularni o’rganish, qadimiy topilmalarni qayta tiklash, umrini uzaytirish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Mazkur ko’rgazmada arxeolog olimlar tomonidan Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi Qorshovultepa hamda Oqqo’rg’on tumanidagi Qonqa yodgorlik majmualariga o’tkazilgan ekspeditsiyalar natijasida topilgan qadimiy ashyolar tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan. Ushbu yodgorlik majmualariga taalluqli badiiy bezaklar, tangalar, uy-ro’zg’or buyumlari, sopol idishlar qadimiy Choch tarixini yanada boyitish bilan birga, azaldan diyorimizda turli millat va elatlar hamjihatlikda istiqomat qilganidan darak beradi.
Ko’rgazma doirasida tashkil etilgan davra suhbatida Xalqaro madaniyat karvon saroyida o’tkazilayotgan ilmiy ekspeditsiyalarning ahamiyati, qadimiy yodgorlik majmualari, u yerda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar xususida atroflicha so’z yuritildi.