QANDIM GAZNI QAYTA ISHLASH ZAVODI QURILISHI LOYIHASI HUKUMAT TOMONIDAN TASDIQLANDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 8-sentabrdagi qaroriga muvofiq, Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan gazni qayta ishlash zavodi kompleksini qurish va Qandim guruhi konlarini jihozlashning texnik-moliyaviy asoslari (birinchi bosqich) tasdiqlandi.
Loyihaning birinchi bosqichida (2015-2018-yillar) 77ta loyihaviy quduqni jihozlash, quduqlar guruhini joylashtirish uchun 6ta maxsus maydon, 2ta yig’ish punkti, gaz eksporti quvurlari, navbatchilar shaharchasi, tashqi infratuzilma ob’yektlari, Qandim guruhi konlarida yillik hajmda 7,819 milliard kub metr tovar gazi, 134,36 ming tonna barqaror kondensat va 212,9 ming tonna birlamchi xom ashyo ishlab chiqaruvchi gazni qayta ishlash zavodini barpo etish ko’zda tutilgan. 2018-yil dekabrida ob’yektlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Loyihaning ikkinchi bosqichi (2020-2029)da 21ta loyihaviy qudug’ini jihozlash, quduqlar guruhini joylashtirish uchun 2ta maxsus maydon, 2ta kompressorli siqish stansiyasi va transport infratuzilmalari ob’yektlarini qurish ko’zda tutilgan.
Uchinchi bosqichda esa 2028-2032-yillarda Hoji, G’arbiy Hoji, Oqqum-Parsanko’l konlarida 16ta loyihaviy quduq 3ta maxsus maydon, 2ta yig’ish punkti va 2ta kompressorli siqish stansiyasi bunyod etiladi.
Fevral oyida “Lukoyl” va Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering kompaniyasi boshchiligidagi pudratchilar konsorsiumi Qandim gazni qayta ishlash zavodiga qurilmalarni yetkazib berish va uni barpo etish bo’yicha 2,66 mlrd dollarlik shartnoma imzolagan edi. Zavodning umumiy qiymati infratuzilmalari bilan birga hisoblaganda, 2,8 mlrdni tashkil etadi.
Ayni paytda “Lukoyl” kompaniyasi O’zbekistonda uchta istiqbolli loyihani amalga oshirmoqda. Xususan, Mahsulot taqsimoti to’g’risidagi bitim doirasida Havzak, Shodi, Qo’ng’irot uchastkalari hamda Qandim konlar guruhida geologiya-qidiruv ishlari o’tkazildi va natijada 18,5 milliard kub metr gaz qazib olindi. Hisor hududi konlarida olib borilgan ishlar natijasida 368,5 ming tonna neft va 2 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olindi.
“Lukoyl” Investorlar konsorsiumi tarkibida Orol bloki hududida geologiya-qidiruv ishlarini olib bormoqda. Bu ishlar samaradorligi qimmatbaho xom ashyo qazib olish hajmining o’sib borayotganida namoyon bo’lmoqda.
Jahon AA