Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

QARDOSHLIK VA DO‘STLIK BAYRAMI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
QARDOSHLIK VA DO‘STLIK BAYRAMI

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 23-noyabrda o‘rnatilgan. Davlat rahbarlarining muloqotlari, turli darajadagi delegatsiyalar tashrifi muntazamlik kasb etgan.

Bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar barcha sohalarda izchil rivojlanmoqda. 1998 yilda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma, 2013-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma o‘zaro hamkorlikka mustahkam asos bo‘lmoqda.

Diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yili muhim voqealarga boy bo‘ldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ochiq va pragmatik siyosati samarasida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar yanada faollashdi. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 22-23-mart kunlari Qozog‘istonga davlat tashrifi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi. 16-17-sentabrda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning mamlakatimizga davlat tashrifi oliy darajadagi muloqotlarning izchil davomi bo‘ldi.

Ushbu tarixiy sana yil bo‘yi nishonlandi, deyish mumkin. O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari shu yilning o‘zida olti marotaba uchrashdi. Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya majlisi, bir necha biznes-forumlar, milliy mahsulotlar ko‘rgazmalari o‘tkazildi. Hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatildi. Toshkent va Olmaota o‘rtasida tezyurar poyezd, shaharlararo avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Azaldan qavmu qarindosh bo‘lgan xalqlarimiz orasida bordi-keldi ko‘paydi. Bularning barchasi ikki mamlakat o‘rtasidagi ishonch va hamkorlik yuksak darajada ekanidan dalolatdir.

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari bir-birlarini qutladi. Qutlovlarda mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik munosabatlari bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishi ta’kidlandi.

Poytaxtimizdagi «Navro‘z» davlat qabullar uyida bo‘lib o‘tgan tadbirda bu jihatlar yana bir bor o‘z ifodasini topdi. O‘zbekiston va Qozog‘iston san’atkorlari ijrosida milliy kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Ushbu tantanali tadbirda ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarlarining muzokaralari natijasida hamkorlikka keng yo‘l ochilgani, ularda erishilgan kelishuvlar to‘la amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya doirasidagi aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning bayonnomasi imzolandi.

Uchrashuvda ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari ham qatnashdi.

Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.Mamin O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov bilan ham uchrashdi.

www.uza.uz