QARSHI SHAHRIDA ISLOM KARIMOV HAYKALI OCHILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Bugun mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligi keng nishonlanmoqda.
Islom Karimov rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatida ham xotira tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
30 yanvar kuni Qarshi shahrida Birinchi Prezidentimiz haykalining ochilish marosimi o‘tkazildi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.
Davlatimiz rahbari buyuk siyosatchi va dono islohotchi Islom Karimovning mamlakatimiz mustaqilligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirgan ishlari Vatanimiz tarixida o‘chmas iz qoldirganini ta’kidladi.
Islom Karimovning haykalini Shavkat Mirziyoyev va Tatyana Karimova ochdi.
Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, yoshlar, mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan faollar ishtirok etdi.