Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

QASHQADARYO VILOYATIDA JORIY YILDA 4,5 MING TONNAGA YAQIN BALIQ OVLASH REJALASHTIRILGAN

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
QASHQADARYO VILOYATIDA JORIY YILDA 4,5 MING TONNAGA YAQIN BALIQ OVLASH REJALASHTIRILGAN

Viloyatda baliqchilikni rivojlantirish, tarmoqda yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etish, mahsulotni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir.

Joriy yilda viloyatdagi tabiiy va sun’iy suv havzalaridan 4 ming 450 tonna baliq ovlash rejalashtirilgan. Mahsulot yetishtirish uzviyligini ta’minlash maqsadida baliq chavoqlari yetishtirish, baliqchilik xo‘jaliklariga omuxta yem ajratish, sun’iy suv havzalari tubini chuqurlashtirish, drenaj va kollektorlarni tozalash, sadok moslamalarini o‘rnatish, yangi baliqchilik xo‘jaliklari va inkubatsiya sexlari tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Qarshi tumanidagi “Namuna baliqchiligi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida mahsulot ishlab chiqarish ko‘lami yildan-yilga ortmoqda.

– Faoliyatimizni rivojlantirishda davlatimiz tomonidan yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, jumladan, tijorat banklarining imtiyozli kredit mablag‘lari qo‘l kelmoqda, – deydi “Namuna baliqchiligi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Bekmurod Eshmurodov. – Tijorat bankining 2 milliard 600 million so‘mlik krediti hisobidan zarur texnika vositalari, jumladan, ekskavator, baliq tashishga mo‘ljallangan 2 mashina, 1 yuk mashinasi sotib oldik. Inkubatsiya sexini kengaytirdik. Mahsulotni qayta ishlash yo‘lga qo‘yildi. Aholiga dudlangan baliq yetkazib berayotgan qayta ishlash korxonasida 10 ishchi mehnat qilmoqda.

Jamiyat tasarrufidagi 650 gektar sun’iy suv havzasida laqqa, sazan, do‘ngpeshona, oq amur kabi baliqlar parvarishlanmoqda. O‘tgan yili 300 tonna baliq ovlangan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichni yanada oshirish rejalashtirilgan.

Baliqchilikda intensiv texnologiyalardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish yaxshi samara berishi dunyo tajribasida isbоtlangan. Bu usulda kam mablag‘ sarflab, ko‘p foyda olish mumkin. Sadok usulida baliq yetishtirish viloyatda ham bir necha yildan buyon sinovdan o‘tkazilmoqda va yuqori natijaga erishilmoqda.

– Talimarjon suv omborida viloyatda birinchilardan bo‘lib sadok usulini qo‘lladik, – deydi “Talimarjon sadok baliq” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Hasan Ahmedov. – Sadoklarni ichki imkoniyatdan foydalanib, metall quvurlardan yasaganmiz. Ularga 500 kilogramm do‘ngpeshona chavoqlaridan tashladik. 6-7 oydan keyin 1-1,5 kilogramm tosh bosadigan baliqqa aylandi. Sadoklar sonini yanada oshirish, kelajakda urug‘lantirish ishlarini ham shu yerning o‘zida yo‘lga qo‘yish niyatidamiz.

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda joriy yilda tabiiy va sun’iy suv havzalariga 90 sadok qurilmasi o‘rnatish belgilangan. Bugungi kunga qadar 95 ana shunday uskuna joylashtirildi. Masalan, Hisorak suv omborida “Chakkisoy baliqlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati, Chimqo‘rg‘on suv omborida “Chimqo‘rg‘on sharsharasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati, Qamashi suv omborida “Abdurahimov Boburjon” fermer xo‘jaligi kabi yetti xo‘jalik tomonidan sadok qurilmalari suvga tashlandi va ayni paytda mahsulot tayyor holga kelib qolgan. Mazkur yo‘nalishdagi xo‘jaliklarda joriy yilda 1 ming 700 tonna parhez go‘sht mahsuloti tayyorlanishi ko‘zda tutilgan.

Baliq go‘shtini aholiga qulay va arzon narxlarda yetkazib berish maqsadida viloyatda yigirmadan ziyod savdo nuqtasi tashkil etildi. Qarshi shahrida 14, Qarshi tumanida 4, Nishon tumanida 2 ana shunday do‘kon ishga tushirildi.

– Baliq go‘shti inson salomatligi uchun juda foydali, – deydi qarshilik O‘ktam Egamberdiyev. – Bu parhezbop mahsulotni ko‘proq iste’mol qilish kerak. “Namuna baliqchiligi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan shahrimizda baliq sotishga mo‘ljallangan savdo do‘koni tashkil etilgani juda qulay bo‘ldi. Bu yerda baliqning tirik holda saqlanishi uchun yaratilgan sharoitlardan xaridorlar mamnun.

Ma’lumki, baliq go‘shti tez buziladi. Bu holat tadbirkorlardan ovlangan baliqlarni sifatli saqlashni talab etadi. Shunday qilinsa, tadbirkor ham, xaridor ham yutqazmaydi. Keyingi yillarda bu borada viloyatda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Qarshi tumanidagi “Namuna baliqchiligi” mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshida 150 tonnalik, “Bo‘riyeva Nozima” baliqchilik xo‘jaligi qoshida 50 tonnalik, Koson tumani “Bo-zarif” fermer xo‘jaligi qoshida 20 tonnalik, Qarshi shahar “Qashqadaryo tijorat savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 400 tonnalik sig‘imli muzlatkichlar tashkil qilingan va ularda ijara asosida baliq saqlash yo‘lga qo‘yilgan.

Ko‘p tarmoqlilik yaxshi daromad keltiradi. Buni yaxshi biladigan tadbirkor izlanishdan to‘xtamaydi. Masalan, baliqchilik serdaromad soha, lekin faqat baliq yetishtirish va uni sotish bilan yuqori natijaga erishib bo‘lmaydi. Ba’zan tayyor mahsulotning hammasini sotishga erishish qiyin. Bugungi kunda baliqchilik xo‘jaliklarini qiynab kelayotgan muammolardan biri ham shu. Qoldiq mahsulot hech qayerga o‘tmaydi. Ularni qayta ishlash yo‘lga qo‘yilsa, bu muammo ham hal etiladi.

Qarshi tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor Yusuf Hamroyev 150 tonnalik baliq dudlash sexini tashkil qilish ishlarini boshlab yuborgan. Nishon tumanidagi “Qashqadaryo baliq tayyorlov savdo” baliqchilik agrofirmasi qoshida yiliga 250 tonna baliqni qayta ishlash, ya’ni baliqning boshi va dumini kesib, yarimfabrikat holida paketlarda qadoqlangan va muzlatilgan holda chiqaradigan sex tashkil etish ko‘zda tutilgan. Ayni paytda sexni qurish ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda. Xorijdan keltirilgan tejamkor va samarali texnologiyalar asosida barpo etilayotgan sex joriy yilning noyabr oyida ishga tushiriladi. Yana shu tumandagi “Sof dengiz” xususiy korxonasi jamoasi yiliga 400 tonna baliqni qayta ishlash, ya’ni “konserva” ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Bu kabi loyihalar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yilning to‘rt faslida ham bozorlarimiz to‘kin bo‘lishiga erishish, narx barqarorligini saqlash, pirovardida aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

O’zA