Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA

Poytaxtimizda “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash qonunchiligi va amaliyoti: milliy va xorijiy tajriba” mavzuida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Ekologik harakati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Ekoharakat deputatlar guruhi, Tashqi ishlar, Iqtisodiyot vazirliklari, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining mamlakatimizdagi loyihalari koordinatori, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi kabi qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari a’zolari, vazirlik va idoralar, diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar vakillari, O‘zbekiston, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Latviya, Rossiya, Chexiya kabi mamlakatlardan olimlar, mutaxassislar ishtirok etdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, O‘zbekiston Ekologik harakati markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Boriy Alixonov, BMTning mamlakatimizdagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi, BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Stefan Prisner, Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Naytxart Xyofer-Vissing, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Allan va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatorining katta maslahatchisi Xans Ulrix Im va boshqalar Prezident Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekistonda energiya mustaqilligini mustahkamlash, ekologik sof texnologiyalarni hayotga joriy etish, muqobil energiya manbalarini rivojlantirish va bu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Istiqlol yillarida mamlakatimizda energetikani rivojlantirishning mustahkam me’yoriy-huquqiy bazasi yaratildi. Davlatimiz rahbarining 2013-yil 1-martdagi “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan tadqiqotlarni yuqori texnikaviy va ilmiy darajada davom ettirish, bu borada jahon tajribasini amaliyotga tatbiq qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha yaratilgan ishlanmalar iqtisodiyotimizning turli tarmoqlarida keng qo‘llanilayotir.

Energiya resurslariga talab oshib borayotgan bugungi kunda jahonda qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish, ulardan samarali foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda. Zero, energetikaning bu turi atrof-muhitga zarar yetkazmay, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish imkonini beradi.

Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi, ya’ni quyosh, shamol, biogaz energiyasidan foydalanish ko‘lami tobora kengayib borayotir. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, avvalo, quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha ko‘plab ilmiy va eksperimental tadqiqotlar olib borilayotir. Bu jarayonda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining alohida o‘rni bor. Mazkur birlashma negizida muqobil energiya sohasi ravnaqi yo‘lida muhim ahamiyatga ega ilmiy salohiyatni yanada yuksaltirish maqsadida Xalqaro quyosh energiyasi instituti tashkil qilindi. Qator oliy o‘quv yurtlarida ushbu soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Xalqaro davra suhbati xorijiy mutaxassislar bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni tartibga soluvchi qonunchilik, uni energiya ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish, sohaga oid bilimlarni oshirish, muqobil energiya manbalaridan foydalanishni yanada rivojlantirish, bu yo‘nalishda O‘zbekiston tajribasini xalqaro hamjamiyatga keng namoyish etish maqsadida tashkil etildi.

Anjumanda O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish bo‘yicha izchil ishlar olib borilayotgani alohida ta’kidlandi. Mamlakatimiz suv oqimlari, quyosh, shamol, biomassa va geotermal resurslar kabi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha katta imkoniyatga ega ekani qayd etildi. Muqobil energiya manbalarini o‘zlashtirish yurtimiz tabiiy resurslarini kelgusi avlod uchun asrab qolgan holda, energetikani barqaror rivojlantirish imkonini beradi.

– Dunyoda neft, gaz va ko‘mir kabi an’anaviy energiya resurslariga talab oshib bormoqda, – dedi Amaliy fanlar universitetining sifat va strategiya bo‘yicha direktori Kristian Jakenak (Germaniya). – Bunday resurslarning hajmi cheklangani bois, bugun ko‘plab davlatlar muqobil energiya manbalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. O‘zbekistonda ham mazkur soha izchil rivojlanayotgani e’tiborga molik. Toshkent viloyatidagi “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi faoliyati bilan tanishib, O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha ulkan ilmiy va texnikaviy salohiyat mavjud ekaniga guvoh bo‘ldik. Shuni aytish joizki, boshqa sohalar qatori mazkur sohaning ham izchil rivojlanishida O‘zbekistondagi tinchlik, iqtisodiy barqarorlik muhim omil bo‘layotir. Germaniya O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasiga ilg‘or texnologiyalarni taklif etgan holda mamlakatingiz bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor. O‘zbekiston yaqin yillarda muqobil energetikani rivojlantirish bo‘yicha yetakchi mamlakatlardan biriga aylanishiga shubha yo‘q.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2015-yil 5-maydagi «2015-2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig‘imini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarori hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga oid huquqiy bazani yanada takomillashtirish maqsadida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish ustida ish olib borilayotir.

Xalqaro davra suhbati ishtirokchilari gelioenergetika mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishi ekanini qayd etdi. Binobarin, serquyosh yurtimizda yilning qariyb 300 kunida quyosh charaqlab turadi. Mamlakatimiz yalpi quyosh energiyasining yillik salohiyati 51 milliard tonnadan ortiq neft ekvivalentiga teng. O‘zbekistonda kichik quvvatli quyosh fotoelektrik stansiyalari, shamol-quyosh elektr stansiyalari, quyosh nuridan foydalangan holda issiq suv ta’minoti tizimlari ishga tushirilgani xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Tadbirda shamol energiyasi, geotermal resurslar, kichik gidroelektrostansiyalarni rivojlantirish bu borada muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

– O‘zbekistonda energiya tejaydigan texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish, sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar diqqatga sazovor, – dedi Atrof-muhit agentligi katta eksperti Gilbert Axamer (Avstriya). – Mazkur davra suhbati mamlakatingizning ushbu sohadagi ilg‘or tajribasi bilan tanishish, o‘zaro fikr almashish imkonini bergani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Energetika sohasida katta imkoniyatlarga ega O‘zbekiston muqobil energiya manbalarini rivojlantirish borasida ulkan samaralarga erishishi shubhasizdir.

Davra suhbatida mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish jarayoniga fuqarolik jamiyati institutlari ham faol jalb etilayotgani qayd qilindi. So‘nggi yillarda bunday institutlar tomonidan mamlakatimiz jamg‘armalari va xalqaro moliya muassasalari bilan hamkorlikda turli ijtimoiy obyektlarda muqobil energiya manbalari uskunalarini o‘rnatish bo‘yicha o‘nlab loyihalar amalga oshirildi.

Anjumanda O‘zbekistonda muqobil energetika sohasidagi ishlarni huquqiy tartibga solish bo‘yicha ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirishning huquqiy mexanizmlarini yaratish, sohada zamonaviy uskuna va qurilmalarni ishlab chiqarishni kengaytirish, bu borada xorijlik mutaxassislar bilan tajriba almashish, muqobil energiya olishning yangi texnologiyalarini tatbiq etish jarayoniga fuqarolik jamiyati institutlarini yanada keng jalb qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Xalqaro davra suhbati ishtirokchilari “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi faoliyati bilan tanishdi.

WWW.UZA.UZ