QIRG’IZISTON PORTALI: “O’ZBEKISTONDA 8300 DAN ZIYOD NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARI FAOLIYAT YURITMOQDA”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Qirg’izistonning “Svoboda.kg” axborot tahliliy portalida mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga bag’ishlangan maqola e’lon qilindi.
Unda ta’kidlanishicha, O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan 8300 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlar respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etmoqda.
“Kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida davlatning bir nechta vazifalari nodavlat notijorat tashkilotlar vakolatiga o’tmoqda. Bu, o’z navbatida, mamlakatda davlat tizimlari ustidan jamoatchilik nazoratini o’rnatish imkonini beradi.”
Maqolda O’zbekiston Respublika Asosiy qomusining 32 moddasida davlat idoralari bilan nodavlat notijorat tashkilotlari o’rtasidagi hamkorlik qonuniy asosda belgilab qo’yilgani qayd etilgan. Unga ko’ra, fuqarolar mazkur tashkilotlar vakillari jamoat ishlarini idora etishda bevosita yoki bilvosita ishtork etishlari huquqiga ega bo’lishlari aytib o’tilgan.
Shuningdek, o’zaro tiyib turish tizimi ko’p jihatdan parlamentga bog’liq. “Bu o’rinda parlament nafaqat qonun chiqarish balki, ijro etuvchi hukumati faoliyatini nazorat qilish huquqiga ham ega bo’lishi mazkur tizim faoliyaitini yanada takomillashtiradi.”
Maqolaning xulosa qismida Prezident Islom Karimov rahnamoligida fuqarolik institutlari taraqqiyotiga yuksak darajada e’tibor qaratilayotgani mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyati berpo etishda muhim omil hisoblanishi ta’kidlangan.
“Jahon” AA, Bishkek