Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2018-yilning 21-iyul kuni Issiqko‘lda o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi.
Turli darajadagi doimiy O‘zbekiston-Qirg‘iziston maslahatlashuvlarining davomi sifatida tashqi siyosat idoralari rahbarlari asosiy e’tiborni O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlarining uchrashuvlari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, jumladan davlatlararo chegarani delimitatsiya qilish va o‘tish punktlariga oid masalalarga qaratdi.
Vazirlar o‘z ishini boshlayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari TIV rahbarlarining uchrashuvi masalalari, mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb jabhalari bo‘yicha fikr almashdilar.