QIRG‘IZISTON TASHQI ISHLAR VAZIRI BILAN UCHRASHUV
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
2016-yilning 19-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahrida bo‘lib turgan Qirg‘iziston delegatsiyasi rahbari Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama shakldagi O‘zbekiston- Qirg‘iziston hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida turli darajalarda ikki tomonlama aloqalarni va ularning samaradorligini faollashtirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra 2016-2017-yillarga mo‘ljallangan vazirliklararo hamkorlik dasturi imzolandi.
Uchrashuvda Qirg‘iziston Elchisi Daniyar Sidikov ishtirok etdi.