Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi O‘zbekiston elchixonalarida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etildi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq 2018-yil 1-iyuldan e’tiboran mamlakatimizning Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmanistondagi elchixonalari shtat jadvaliga savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimi kiritildi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yili O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan tovar aylanmasi 253,9 mln. AQSh dollari, Tojikiston bilan 237 mln. dollar, Turkmaniston bilan 177,3 mln. dollarni tashkil etdi. Ushbu davrda O‘zbekistonning mazkur davlatlar bilan umumiy tovar aylanmasi 668,2 mln. dollarni tashkil etib, 2016-yilga nisbatan deyarli 16%ga ko‘roqdir.