QIRG‘IZISTONDA O‘ZBEKISTON MADANIYATI KUNLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 8-oktabrga qadar davom etadigan ushbu tadbirda O‘zbekiston xalq artistlari Munojot Yo‘lchiyeva, Zulayho Boyxonova, operachilarimiz Samandar Alimov, Jenisbek Piyazov, taniqli xonandalar Yahyobek va Muhsinjon Mo‘minovlar, Alisher Turdiyev, Rohila Ro‘zimova, Ulug‘bek Rahmatullev, Rayhon G‘aniyeva va boshqa ko‘plab ijrochilar ishtirokidagi konsertlar, ijodiy uchrashuvlar, madaniy muloqotlar qirg‘izistonlik tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Madaniyat kunlari doirasida yurtimiz fotorassomlarining "O‘zbekiston qiyofasi: tarix va zamonaviylik" mavzucidagi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Bu kabi tadbirlar madaniyat, san’at sohasidagi yutuqlar, O‘zbekistonning bugungi kuni, an’ana va qadriyatlarini keng namoyish etish bilan birga, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik, madaniy-ma’rifiy munosabatlar rishtasini tobora mustahkamlashdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.
www.uza.uz