“QIZILQUMSEMENT” AJ TEMIR-BETON PLITALAR ISHLAB CHIQARISH JARAYONINI O’ZLASHTIRADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Qizilqumsement” AJ 2015 yilda loyihaviy quvvati yiliga 40,5 ming kub metrni tashkil qiluvchi temir-beton plitalar ishlab chiqarish jarayonini o’zlashtiradi.
Kompaniyaning xabar berishicha, 4,4 mln dollarlik loyiha korxonaning o’z mablag’lari hisobidan amalga oshirilmoqda.
O’zbekistonda eng yirik sement ishlab chiqaruvchi zavod hisoblanadigan “Qizilqumsement” 176 mlrd so’m sof foyda bilan 2014 yilda daromadlilik bo’yicha O’zbekistondagi korxonalar orasida rekordchi bo’ldi.
2013 yilda korxonaning sof foydasi 225,9 mlrd so’mni tashkil qilgan edi.
2014-2016 yillarda korxona o’z mablag’lari hisobidan 39,6 mln dollarlik modernizatsiyalash dasturini amalga oshirmoqda.
Dasturda uch yil ichida yiliga 500 ming tonna quvvatga ega yangi sement tegirmoni qurilishi, klinker texnik liniyalarining modernizatsiyasi, 220/10 kV li bosh podstansiyaning qurilishi ko’zda tutilgan.
"Jahon" AA