QO‘G‘IRCHOQ TEATRIDA YANGI YIL TANTANASI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Respublikasi davlat qo‘g‘irchoq teatri yangi binoda ish boshladi.
Teatr – ma’naviyat va ma’rifat maskani. Yoshlar ongu shuuri, dunyoqarashi, hayotga munosabatining to‘g‘ri shakllanishida teatr san’atining ahamiyati katta. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarni har tomonlama komil insonlar etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda teatr san’atini izchil ravnaq toptirish, ijodkorlar mehnatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, yurtdoshlarimizni ezgulikka chorlaydigan badiiy pishiq asarlar yaratish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilayotir.
Nukus shahridagi “Turkiston” kinoteatri binosi qo‘g‘irchoq teatri tasarrufiga berilib, kapital rekonstruksiya qilindi. Zamonaviy qiyofa kasb etgan teatr binosida “Nukus texnologiya stroy bazis” mas’uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari tomonidan 2 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Chorak asrdan buyon bolajonlarga zavq-shavq ulashib kelayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat qo‘g‘irchoq teatri sahnasida o‘tgan davrda 100 ga yaqin spektakl va konsert dasturlari namoyish etildi.
Teatr ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Sovg‘a”, “Botir quyon”, “Sehrli tayoqcha”, “Ajabtovur musobaqa”, “Do‘stingga yomonlik qilma”, “Sahrodagi do‘stlik”, “Bolalar kulsin” kabi spektakllar mazmun-mohiyati, ezgulikni tarannum etuvchi, insonning tabiatga, Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini aks ettiruvchi asarlar sifatida bolajonlar qalbidan chuqur joy olgan.
– Ijodiy jamoamiz turli tanlovlar va qo‘g‘irchoq teatrlari festivallarida faol ishtirok etib keladi, – deydi teatr direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Po‘lat Aytmuratov. – Bolajonlar qo‘g‘irchoq teatri sahnasida Yangi yil bayrami tantanalarini nishonlashgani yanada zavqli bo‘ldi.
O‘zA