Qo‘shimcha daromad haqidagi deklaratsiya birinchi aprelgacha topshiriladi
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					Mamlakatimizda iqtisodiyotning jadal rivojlanib borayotgani aholi hayot darajasi va sifatini izchil oshirishga mustahkam zamin yaratmoqda.
Aholi daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromadlar ulushi tobora ortib bormoqda. Mustaqillik yillarida bu boradagi ko‘rsatkich 10,6 foizdan 52 foizga o‘sdi. Bu Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlaridagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir.
Bular yurtimizda fuqarolarga o‘z daromadlarini ko‘paytirish, ularni erkin tasarruf etishi uchun barcha imkoniyat va shart-sharoit yaratilgani samarasidir. Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, fuqarolar asosiy ish joyidan tashqari boshqa tashkilotlarda o‘rindoshlik asosida, o‘ziga tegishli mol-mulkni ijaraga berish orqali va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyatlar bilan shug‘ullanib, cheklanmagan miqdorda daromad olishi mumkin.
Davlat soliq qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, 2014-yilda asosiy bo‘lmagan ish joylaridan daromad olgan jismoniy shaxslar 304 ming nafardan ortiqni tashkil etgan. Bu 2013-yilga nisbatan qariyb 43 ming nafar ko‘pdir.
Soliq qonunchiligiga ko‘ra, fuqarolar qo‘shimcha soliq solinadigan daromadlari haqida soliq organlariga deklaratsiya topshirishlari zarur. Bunday deklaratsiya har yili 1-aprelgacha doimiy yashash joyidagi soliq organiga topshiriladi.
Deklaratsiya o‘rindoshlik yo‘li bilan, fuqarolik-huquqiy shakldagi shartnomalar bo‘yicha bir martalik ishlar va xizmatlarni bajarish, ko‘chmas va ko‘char mulkni ijaraga berish orqali olingan daromadlar yuzasidan topshiriladi. Bundan tashqari, mulkiy daromadlar, fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan, asosiy bo‘lmagan ish joyidan moddiy naf tarzida olingan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar deklaratsiya asosida soliqqa tortiladi.
Yuqoridagi kabi daromad olayotgan jismoniy shaxslar buning uchun eng yuqori stavka bo‘yicha soliq to‘lagan bo‘lsa, deklaratsiya topshirmasligi mumkin. Buning uchun haq to‘layotgan yuridik shaxs buxgalteriyasiga daromad solig‘ini eng yuqori stavka bo‘yicha ushlab qolishni so‘rab ariza beriladi.
Bugungi kunda mulkiy daromadlar tarkibiga kiruvchi mol-mulkni ijaraga berishdan olingan foyda salmog‘i o‘smoqda. Chunki odamlarimizda bir nechta uy-joy yoki kvartira, avtomobillar mavjud bo‘lib, ularni haq evaziga ijaraga berish amaliyoti kengaydi.
Soliq kodeksiga muvofiq, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga daromad solig‘ining eng kam stavkasi bo‘yicha soliq solinadi. 2015-yilda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining eng kam stavkasi 8,5 foiz miqdorida belgilangan.
Daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya o‘z vaqtida topshirilmasa, bundan bo‘yin tovlansa yoki u atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan taqdim etilsa, ma’muriy javobgarlikka – eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Deklaratsiya asosida yillik umumiy daromad bo‘yicha hisoblab chiqilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 1-iyungacha byudjetga to‘lanishi shart. Aks holda, soliq qarzlari davlat soliq organlarining da’vo arizalari asosida sud tartibida majburiy undiriladi.
Deklaratsiyani davlat soliq xizmati organiga kelib yoki pochta orqali buyurtma xat shaklida, shuningdek, elektron axborot tarzida taqdim etish mumkin. Buning uchun www.soliq.uz saytining “Interaktiv xizmatlar” sahifasining Jismoniy shaxslardan jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni elektron shaklda qabul qilish va topshirish bo‘limidagi tegishli ma’lumotlar kiritilib, yashash joyidagi davlat soliq inspeksiyasi ma’lumotlar bazasiga jo‘natiladi. Sizga inspeksiyadan deklaratsiyangiz qabul qilingani haqida xabar keladi.
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















