QO’SHIQLARDA ONA DIYOR TARANNUMI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
«Turkiston» saroyida Vatanimiz mustaqilligining 24 yilligiga bag’ishlangan «Yagonasan, muqaddas Vatan!» respublika ko’rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo’lib o’tdi.
Toshkent shahar hokimligi, shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tanlovda uning tuman bosqichlarida g’olib bo’lgan 41 nafar ishtirokchi o’z iste’dod va mahoratini namoyish etdi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, ularni chuqur bilim, teran va sog’lom tafakkur sohiblari etib kamolga yetkazish masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi ezgu sa’y-harakatlarda o’g’il-qizlarni musiqa san’ati vositasida ona Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat, ibratli qadriyatlarimizga hurmat ruhida kamol toptirish muhim o’rin tutadi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan eng ulug’, eng aziz ayyom - Mustaqillik bayrami arafasida o’tkazib kelinayotgan «Yagonasan, muqaddas Vatan!» respublika ko’rik-tanlovi jonajon O’zbekistonimizni tarannum etuvchi eng sara qo’shiqlarni yaratish, ularni xalqimizga taqdim etish, yangi-yangi iste’dod sohiblarini kashf etishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Tanlovning saralash bosqichi 20 iyundan 1 iyulgacha poytaxtimizning barcha tumanlarida yuksak saviyada tashkil etilib, ularda qariyb 100 nafar yosh ijrochi jonajon diyorimiz haqidagi qo’shiqlari bilan ishtirok etdi.
— Tanlov uchun «O’zbekiston» nomli qo’shiqni tayyorlab keldim, - deydi O’zbekiston davlat konservatoriyasi talabasi Jasur Yunusov. - Bunday ko’rik-tanlovlar Vatanni madh etuvchi qo’shiqlarni ijro etishda katta mas’uliyat, puxta bilim va tayyorgarlik bilan yondashishga, tinch-osoyishta kunlarimizni, ozod va obod Vatanimizni chin yurakdan madh etishga o’rgatadi.
Fazilat Ahmedova ijrosidagi «O’zbekistonim» hamda Davronxo’ja Sulaymonov va Shirin Muzaffarova ijrosidagi «Lolazorim» qo’shiqlari tanlovning Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi tizimida birinchi o’ringa munosib topildi.
"Jahon" AA