QO’SHIQLARDA VATAN MADHI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
“Turkiston” saroyida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika ko’rik-tanlovining yakuniy bosqichi va gala-konsert bo’lib o’tdi.
“Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim - O’zbekistonim!” shiori ostida tashkil etilgan mazkur tanlovga uning hududiy, turli vazirlik va idoralar, ijodiy tashkilotlar bosqichlarida g’olib bo’lgan ijrochilar, badiiy jamoalar taklif etildi.
O’zbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi R.Abdullayev va boshqalar Vatan, mustaqillik singari barchamiz uchun eng aziz qadriyatlar milliy o’zligimiz, g’urur-iftixorimiz, orzu intilishlarimiz, ulkan yutuqlarimizning hayotbaxsh manbai sifatida yurtdoshlarimiz qalbidan mustahkam o’rin egallaganini ta’kidladi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida boy tariximiz, milliy urf-odat va an’analarimizni tiklash, jamiyatimizda mehr-oqibat, bag’rikenglik, hamjihatlik kabi ezgu fazilatlarni qaror toptirish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o’tkazib kelinayotgan «Yagonasan, muqaddas Vatan!» respublika ko’rik-tanlovi yoshlarning jonajon Vatanimizga mehrini oshirish, O’zbekistonimizni ulug’lovchi musiqiy asarlar yaratishni har jihatdan qo’llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Ushbu ijodiy loyiha bastakorlar, shoirlar, xonandalar o’rtasidagi ijodiy hamkorlikning mustahkamlanishida, O’zbekistonimizni madh etuvchi badiiy mukammal qo’shiqlar yaratilishida, bolalar, yoshlar qo’shiqchiligi, musiqa ta’limining yanada rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ko’rik-tanlovning O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim, Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari, «O’zbeknavo» estrada birlashmasi tizimlaridagi bosqichlari yuksak saviyada tashkil etildi. Ularda qariyb 58 mingga yaqin professional va havaskor xonanda, badiiy jamoalar, bolalar ansambllari, oliy va o’rta maxsus ta’lim maskanlari qoshidagi musiqa guruhlari, xor jamoalari faol ishtirok etdi.
— Tanlovda «Mustaqil O’zbekiston» qo’shig’i bilan ishtirok etdik, - deydi Surxondaryo viloyati Qumqo’rg’on tumanidagi 11-bolalar musiqa va san’at maktabi o’qituvchisi Sodiq Mardonqulov. - Bu kabi san’at bayramlari tabarruk zaminimizni, tinch-osoyishta hayotimizni, istiqlol ne’matlarini ko’z qorachig’idek asrab-avaylashga, yangi-yangi asarlar yaratishga undaydi.
Taqdim etilgan qo’shiqlarda istiqlolimiz, O’zbekistonimiz, bugungi tinch-osoyishta, yorug’ va saodatli kunlarimiz, baxtiyor hayotimiz, yosh avlodga ko’rsatilayotgan cheksiz mehr va e’tibor, nuroniy keksalarimizni e’zozlashga doir ibratli ishlar tarannum etildi.