Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

QONUN IJROSI NAZORAT-TAHLIL TARTIBIDA O’RGANILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
QONUN IJROSI NAZORAT-TAHLIL TARTIBIDA O'RGANILDI

Xalqimizning bunyodkorlik salohiyati yo’lsozlik sohasidagi faoliyatlarda ham yaqqol namoyon bo’lmoqda. Xususan, keng va ravon yo’llar, ko’priklar xalqaro talablarga mos holda bunyod etilayapti. So’nggi yillarda mazkur yo’nalishda keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi.

Avtomobil yo’llarini qonuniy tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ularning joylardagi ijrosini o’rganish, tahlil qilish va mavjud muammolarni aniqlash kabi masalalar parlament nazoratining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Yaqinda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo’mitasining kengaytirilgan yig’ilishida “Avtomobil yo’llari to’g’risida”gi Qonunning Jizzax viloyatidagi ijrosi masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Qonun talablari nazorat-tahlil tartibida o’rganib chiqildi.

Tadbirda quyi palata deputatlari, Jizzax viloyati hokimligi, vazirliklar, mutasaddi tashkilotlarning vakillari, ekspertlar, olimlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ta’kidlandiki, yurtimizda zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimini yaratish, xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo’llarini qurish hamda rekonstruksiya qilish sohasida “Avtomobil yo’llari to’g’risida”gi Qonun hamda qator qonunosti hujjatlari va qarorlar qabul qilingan. Jumladan, Prezidentimiz qarori bilan tasdiqlangan 2015 — 2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo’l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi asosida keng ko’lamdagi ishlar amalga oshirilayapti.

Mamlakatimizda avtomobil yo’llari tizimini 184 ming km. uzunlikdagi yo’llar tashkil etib, ularni rekonstruksiya qilish, joriy sozlash va saqlash sohasida manzilli dasturlar ro’yobga chiqarilmoqda.

Deputatlar ushbu masalaga alohida e’tibor qaratib, joriy yilda O’zbekiston milliy avtomagistralini modernizatsiyalash ishlarini yakuniga yetkazish, qariyb 513 km. yo’llarni qurish va rekonstruksiya qilish bo’yicha amaliy sa’y-harakatlarni davom ettirish zarurligini ta’kidlab o’tdilar.

Yig’ilishda “Avtomobil yo’llari to’g’risida”gi Qonunning ijrosini ta’minlash borasida Jizzax viloyatida muayyan ishlar amalga oshirilgani ko’rsatib o’tildi. Olib borilgan tahlillarga ko’ra, viloyatda avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi 7,8 ming km. bo’lib, 2015-yilda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi hisobidan 182,4 mlrd. so’m mablag’ ajratildi. Natijada viloyatda 31 km. avtomobil yo’llari rekonstruksiya qilindi, 18 km. avtomobil yo’llari to’la hamda 97 km. yo’llar joriy ta’mirlandi.

Yig’ilishda amalga oshirilgan ijobiy ishlar qatorida qonun ijrosini ta’minlash bilan bog’liq muammolar borligi ham ishtirokchilarning e’tibor markazida bo’ldi.

— Viloyatda Qonun talablarini o’rganish chog’ida bajarilishi lozim bo’lgan bir qator masalalarga alohida ahamiyat qaratildi, — deydi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo’mitasi a’zosi Ahad Ahmedov. — Xususan, sohaga malakali mutaxassislarni kengroq jalb etish, avtomobil yo’llarini joriy hamda to’la ta’mirlash borasidagi nazorat ishlarini kuchaytirish lozimligi ko’rsatib o’tildi. Bundan tashqari, sohadagi mahsulot sifatini nazorat qilish laboratoriyalarini takomillashtirish, ichki yo’llarni ta’mirlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O’z navbatida, qonun ijrosi borasida yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Yig’ilish yakunida muhokama etilgan masalalar bo’yicha qo’mitaning qarori qabul qilindi.

WWW.XS.UZ