QONUN LOYIHALARI MUHOKAMA ETILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.
Deputatlar tomonidan Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga birinchi o‘qishda kiritilgan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi va “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari muhokama etildi.
Yig‘ilishda Prezidentimiz rahnamoligida istiqlolning dastlabki yillaridanoq demokratik davlat qurish, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, fuqarolik jamiyati barpo etish, navqiron avlodni har jihatdan sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazishga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilayotgani alohida ta’kidlandi.
Bugungi kunda O‘zbekiston aholisining 60 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy o‘zgarishlar zamirida har tomonlama sog‘lom, aqlan yetuk, hozirgi davrda talab katta bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarlarni egallagan, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish asosiy maqsadlardan biri ekani tabiiydir.
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yoshlarga oid siyosatni, ya’ni navqiron avlodning rivojlanishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, davlat va jamiyatni rivojlantirishda ularning intellektual, ijodiy salohiyatidan unumli foydalanishni nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy chora-tadbirlar tizimini belgilashga qaratilgandir.
Fraksiyalar yig‘ilishlarida “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham atroflicha muhokama qilindi. Mamlakatimiz Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ichki ishlar organlarining qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish borasidagi faoliyat shakli va usullarini aniqlashtirish lozimligi haqida alohida to‘xtaldi. Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib, mutasaddi idoralar tomonidan ekspertlarni hamda keng jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda mazkur qonun loyihasi ishlab chiqilib, Oliy Majlis muhokamasiga kiritildi.
Mazkur qonunning qabul qilinishi – ichki ishlar organlari vazifalari, ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, prinsiplari va boshqa jihatlarining yaxlit qonun hujjatida belgilab berilishi mamlakatimizda huquq-tartibоtni mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi.
Siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhi a’zolari qonunlar loyihalarini konseptual jihatdan qo‘llab-quvvatlab, birinchi o‘qishda qabul qilishni ma’qulladi.
O‘zA