QONUN LOYIHALARI VA JAMOATCHILIK FIKRI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan “Qonun loyihalarini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazishning tashkiliy-huquqiy asoslari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi A.Saidov, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i X.Xudoyberdiyev, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti loyiha rahbari G.Hotamova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarish va yangilanishlar tufayli parlamentning vakolat doirasi yanada kengayganini ta’kidladi.
Konstitutsiyamizga tegishli o‘zgartishlar kiritilib, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi ular o‘rtasidagi o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini yaratishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayni vaqtda parlament strukturasi, uning ayrim tashkiliy jihatlarini yanada takomillashtirib borish doimiy e’tiborda.
Anjumanda ta’kidlanganidek, jamoatchilik ekspertizasining maqsadi aholining manfaatlari, ijtimoiy huquqlariga doir qonun loyihalarining muhokamasiga fuqarolik jamiyati institutlari mutaxassislari va jamoatchilik vakillarini jalb etish, aholiga qonun loyihasi mazmun-mohiyatini yetkazish, ular yuzasidan taklif-mulohazalar olish hamda bildirilgan fikrlar asosida qonun hujjatlarini mukammallashtirishdan iboratdir.
Tadbirda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi ekspertlari ishlab chiqqan «Qonunchilik palatasi tomonidan qonun loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizom loyihasini tayyorlashda qo‘mita faoliyati, jamoatchilik ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazishning huquqiy asoslari tahlil etilib, bu boradagi milliy va xorijiy tajriba haqida axborot tinglandi.
Mazkur nizomni ishlab chiqishda keng jamoatchilikni, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini qonun loyihalarini o‘rganishga jalb etish orqali yurtdoshlarimizning qonun ijodkorligi jarayoniga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarga daxldorlik hissini shakllantirishdek g‘oyaga tayanilgani e’tiborga molikdir.
Nizomni ishlab chiqish jarayonida siyosiy partiyalar fraksiyalari, qo‘mita ekspertlari faol qatnashdi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi va boshqa jamoat tashkilotlarining olim va mutaxassislari loyiha bo‘yicha takliflarni bildirdi.
Tadbirda qonun loyihalari muhokamasiga jamoatchilik vakillarini jalb etish mexanizmlari atroflicha muhokama etildi.
O‘zA