Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

QONUN LOYIHASI KO’RIB CHIQILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
QONUN LOYIHASI KO'RIB CHIQILDI

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ko’rib chiqdi, deb xabar beradi O’zbekiston Milliy axborot agentligi.

Mamlakatimizda mehnatni muhofaza qilishning huquqiy va institutsional asoslari yaratilgan, xodimlar xavfsizligini ta’minlash, sog’lig’ini saqlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun ish beruvchi va xodim o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy huquqiy hujjatlardandir.

Yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishi, sohaga ko’p sonli mehnat resurlari va zamonaviy texnikalar jalb etilishi mehnat xavfsizligi sharoitlarini yanada yaxshilash, ish beruvchi va xodimlarning bu boradagi mas’uliyatini oshirishni talab etishi ta’kidlandi.

Qonun loyihasidagi ish beruvchilarga qo’yiladigan talablarni kuchaytirish, ularning mas’uliyatini yanada oshirishga qaratilgan normalar qo’llab-quvvatlandi. Xodimga va uning salomatligiga ziyon yetgan taqdirda zararni ish beruvchilar qoplashi bo’yicha me’yorlar aks ettirilishi xodimlar ijtimoiy himoyasini kuchaytiradi.

Qonun loyihasini yanada takomillashtirish uchun uning muhokamasiga keng jamoatchilik, kasaba uyushmalari, kichik biznes vakillarini jalb etish hamda huquqiy va jamoat ekspertizasi o’tkazish borasida fikrlar bildirildi.

www.xs.uz