Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

QONUN LOYIHASI MUHOKAMADA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
QONUN LOYIHASI MUHOKAMADA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi «Demokratik kuchlar» blokining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yangi tahrirdagi «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari S.Otamurodov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning samaradorligini yuksaltirish, inson manfaatlarini muhofazalashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda farmatsevtika sohasini izchil rivojlantirish, aholini sifatli dori-darmon bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayotir. Buning natijasida sohada faoliyat yuritayotgan korxonalar yildan-yilga ko‘paymoqda. Yangi preparatlarning turlarini ko‘paytirish, dori-darmon ta’minoti tizimini takomillashtirishga erishilayotir.

Shu bilan birga, farmatsevtika sanoati kun sayin ilgarilayotgani, dori vositalari muomalasi, ulardan tibbiyotda foydalanish jarayonida ko‘plab yangiliklar yuzaga kelayotgani sohadagi milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda. Shundan kelib chiqib ishlab chiqilgan yangi qonun loyihasida ko‘plab yangi me’yorlar belgilanmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi huzurida tashkil etilgan ishchi guruh mazkur qonun loyihasini takomillashtirish yuzasidan izchil ish olib bormoqda. Shu maqsadda partiyalar fraksiyalari, vazirlik va idoralar ekspertlari va jamoat tashkilotlari vakillari fikr-mulohazalari asosida qonun loyihasiga yangi me’yorlar kiritilmoqda.

– Sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishda yangi qonun loyihasi muhim o‘rin tutadi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati F.Ibrohimova. – Shu bois qonun loyihasi jamoatchilik o‘rtasida keng muhokama etilmoqda. Biz ham mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, dori vositalarining chakana savdosiga oid yagona yondashuvni shakllantirish bo‘yicha bir qator takliflarni kiritdik.

Yig‘ilishda qonun loyihasiga dori vositalarining noqonuniy muomalasi, ularni qalbakilashtirish va sifatsiz dori-darmonlar savdosining oldini olishga yo‘naltirilgan me’yorlarni tatbiq etishga doir takliflar bildirildi. «Maqbul dorixona amaliyoti» tushunchasini kengroq ochib berish zarurligi qayd etildi. Ushbu tushuncha dorixona sharoitida tibbiy preparatlarni tayyorlash, ularning yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari ustidan nazorat qilishga doir sanitariya qoidalari, gigiyena me’yorlari va talablariga rioya etilishini ta’minlash masalasini qamrab oladi.

O’zA