QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizda “Ishtirokchilikda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashishning milliy tajribasi: bugungi holati va qonunchilikni takomillashtirish istiqbollari” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari, Bosh prokuratura, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Advokatlar palatasi hamda bir qator oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari qatnashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i Sh.Ikromov va boshqalar mamlakatimizda terrorizm, ekstremizm, korrupsiya, giyohvandlik moddalari savdosi hamda uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurashish yuzasidan amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini saqlashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va ularning oldini olish keng qamrovli kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Fuqarolar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida targ‘ibоt-tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish, ishtirokchilikda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashishni tartibga soluvchi qonunchilik va uning mexanizmlarini takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash bu boradagi dolzarb masalalar hisoblanadi.
Anjumanda jinoyat qonunchiligining ishtirokchilikka oid normalarini qo‘llashda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish, huquqni qo‘llash amaliyoti, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rgangan holda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikning ishtirokchilikka oid normalarini qo‘llash amaliyotini hamda jinoyatda ishtirokchilik institutini takomillashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.