Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

QONUNLAR IJROSINI PARLAMENT NAZORAT QILADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
QONUNLAR IJROSINI PARLAMENT NAZORAT QILADI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamkorligida “Parlament nazorati instituti: huquqiy asoslari va amalga oshirish istiqbollari” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari mutasaddilari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari N.Umarov va boshqalar joriy yil 12-aprelda kuchga kirgan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonun mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat qurishni izchil amalga oshirish, davlat boshqaruvida parlamentning rolini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida hokimiyatlar bo‘linishi tamoyilini hayotga tatbiq etish, parlamentning davlat hokimiyati tizimidagi rolini oshirish, qonun chiqaruvchi hokimiyatning nazorat funksiyalarini kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonun parlament nazoratini tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Unda parlament nazorati subyektlari, obyekti, amalga oshirish shakllari, subyektlarning majburiyatlari, parlament nazorati natijalari aniq qilib belgilab qo‘yilgan.

– Mamlakatimizdagi parlament nazorati shakli xalqaro andozalarga to‘liq mos keladi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Yoqubov. – “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishida 20 dan ziyod rivojlangan mamlakatlarning tajribasi o‘rganildi.

Davra suhbatida partiya saylovoldi dasturidagi vazifalar va elektorat manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda parlament nazoratidan samarali foydalanish, yangi qonunning mazmun-mohiyatini partiya hududiy bo‘limlari va keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilish yuzasidan taklif-mulohazalar bildirildi.

WWW.UZA.UZ