Qorako‘lchilik shirkatlarida ish qizg‘in
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					Navoiy viloyati qorako‘lchilik shirkat xo‘jaliklari chorvadorlari joriy yilgi qo‘zilatish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rdi.
Ayni kunlarda xo‘jaliklarda parvarishlanayotgan 351 ming boshdan ortiq sovliqdan sog‘lom nasl olinayotir.
– Bu yilgi qo‘zilarning barchasini o‘stirishga qoldirish rejalashtirilgan, – deydi “Navoiyqorako‘l” birlashmasi bosh mutaxassisi To‘lqin Tojimurodov. – Hozirgacha qo‘ylarning 111 mingdan ziyodi qo‘ziladi.
Qo‘zilatish mavsumida shirkat xo‘jaliklariga maxsus zooveterinarlar biriktirilib, otarlarda doimiy nazorat o‘rnatildi. Cho‘ponlarga mavsumiy kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilayotir. Bu ishlar qo‘y-qo‘zilarda uchraydigan turli kasalliklarning oldini olish, cho‘pon-cho‘liqlarga qulaylik yaratish, mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazish imkonini bermoqda. Tomdi, Konimex tumanlaridagi “Kerizbuloq”, “Saribel” shirkat xo‘jaliklarida qo‘zilatish qariyb 60 foizga bajarilgani shundan dalolat.
Viloyatning Qizilqum kengliklarida asosan sur, qora va ko‘k rangli qorako‘l nasllari parvarishlanayotir. Nurota tumani shirkat xo‘jaliklari esa zarmalla tipdagi qorako‘l qo‘zilari yetishtirishda katta tajriba to‘plagan.
– Qishdan sog‘lom chiqqan 6 ming bosh sovliqdan hozirga qadar 4 ming 800 bosh sog‘lom qo‘zi oldik, – deydi “Konimex” qorako‘lchilik shirkat xo‘jaligi raisi Fazliddin Ahmedov. – Bunda xo‘jaligimizdagi 26 otar tajribali cho‘ponlarining munosib hissasi bor. Qo‘zilarning barchasi o‘stirishga qoldirilmoqda.
Qorako‘lchilik shirkat xo‘jaliklarida jun yetishtirish ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Konimex tumani hamda Zarafshon shahridagi junni qayta ishlash korxonalarida xomashyoning asosiy qismi qayta ishlanib, yarim tayyor va tayyor mahsulot holida xaridorlarga yetkazib berilmoqda. Misol uchun, Konimexdagi “Qizilqum wool tex” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasida jun-kalava tayyorlanib, turli yopinchiq va to‘shamalar ishlab chiqariladi. Zarafshon shahridagi “Velan” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasida esa jundan jun paypoq, maxsus belbog‘ va boshqalar tayyorlanayotir.
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















