QORAQALPOG’ISTON VA XORAZM VILOYATI ELEKTR ENERGIYA BILAN BARQAROR RAVISHDA TA’MINLANADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Osiyo taraqqiyot banki O’zbekistonning shimoli-g’arbiy elektr energiya tizimini kengaytirish va modernizatsiya qilish uchun 150 mln dollarlik kredit ajratishni ma’qulladi. Loyihada Qoraqalpog’iston va Xorazm viloyatida 364 kmlik elektr uzatish liniyasi va uchta podstansiya qurilishi ko’zda tutilgan.
O’zbekistonning shimoli-g’arbiy qismi sanoatga yirik investitsiyalarni jalb qilish va elektr energiyaga talabning oshishini qondirish uchun elektr energiyaning ishonchli yetkazilishiga katta ehtiyoj sezadi. Kredit elektr energiya uzatish tarmog’ining o’tkazish qobiliyati va ishonchliligini oshirish, yo’qotishlarni kamaytirish va energiya samaradorlikni oshirishga yordam beradi.
Mazkur loyihaga OTB mablag’laridan tashqari O’zbekiston hukumati va “O’zbekenergo” kompaniyasi 105 mln dollar ajratadi. Loyiha qariyb 4 yil davomida amalda bo’ladi va 2019-yilning oxirida yakunlanadi.
“Jahon” AA